So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  78 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  1 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  1 23:17Дани Алвесни судга беришди  3 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  22 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Diyor Imomxo'jaev: "AGMK birinchi bo'ldi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "AGMK birinchi bo'ldi"

PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev AGMK haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Futbol klublari o'z smetasini O'FA bilan kelishishni boshlagach, futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatini kim birinchi bo'lib qo'lga kiritishi masalasi o'zimiz uchun ham qiziq edi. Bu ishni birinchi bo'lib AGMK uddaladi.

Bugungi AGMK avvalgilaridan tubdan farq qilishini aytish kerak. Olmaliq KMK AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov sportga befarq bo'lmagan, uni yaxshi tushunadigan va albatta sport bilan birga ilmni ham bir vaqtda olib borish kerak, deb hisoblaydigan inson.  SHu sababli AGMK yaxshi futbol akademiyasi tashkil etish ishlarini boshlagan. Bu borada klub vodiy, poytaxt hamda Angren, Ohangaron kabi shaharlarni bog'laydigan juda muhim ko'prik bo'lishi mumkin. Geografik jihatdan Olmaliq shunday joyda joylashgan.

AGMK futzal va ayollar futboli rivojiga eng katta hissa qo'shayotgan klub. Futzalda bir necha yillardan buyon etakchi ekanini bilasiz. Ayollar futbolida esa faqatgina AGMK hatto farm-klubiga ham ega. Bejizga klub bosh murabbiyi 2021 yilda eng yaxshi ayollar murabbiyi bo'lmadi. Uning shogirdlari Turkiya kabi ligalarga yo'l oldi.

Asosiy tarkib masalasida AGMK ketma-ket ikki yil sovrinli bo'ldi. Garchi 2021 yil xalqaro maydondan chetda qolgan bo'lsa-da, aynan o'sha yil xalqaro maydonda tarix ham yozdi. Va bu besamar ketmadi. Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan ikki bor bellashib, o'zining ayrim poziciyalarini shu jamoa etakchilari orqali to'ldirishga ham ulgurdi.

Oldinda AGMK stadion projektorini yanada yaxshilashi va 2023 yilgi mavsumga qadar yangi va sifatli maysaga ega bo'lishi kerak. Klub buning ustida ishlayapti. Uning oldiga iyun oyiga qadar projektorlarni talab qilingan minimum ko'rsatkichga keltirish vazifasi qo'yilgan", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика