Divok Origi: "Liverpul" ofisiga kelganimda, menga 15 yoshligimdagi videoni ko'rsatishdi"
06 avg 2014 18:10
Yangiliklar
Divok Origi: "Liverpul" ofisiga kelganimda, menga 15 yoshligimdagi videoni ko'rsatishdi"
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi, o'z jamoasi haqida qanday fikrdaligini so'zlab berdi.
"Brendan Rojers meni sayyoramizning eng yaxshi futbolchisiga aylantirmoqchi. Jamoa bu mavsumda menga ishonyapti, ammo men o'z ustimda ishlashim kerak. Masalan, men umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmasligimni bilgan Jerrard bundan hafa bo'ldi. Starrij bilan tanishganimdan xursandman. Ammo, eng hayratlanarlisi, men "Liverpul" ofisiga kelganimda, menga 15 yoshligimdagi o'yinlarimning videosini ko'rsatishdi. Meni kuzatishgan, qiziqishgan, buni hammasi oddiy narsa emas. Men bundan xursandman. Men bu jamoaning bir qismi bo'lganimdan mamnunman. Hammasi oldinda" - deydi belgiyalik futbolchi.
Fikrlar