So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Diskvalifikaciyadan keyin kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapman. Bu yilgi mavsumda ham to'purar bo'lmoqchiman – “Neftchi” hujumchisi Doston Toshmatov bilan intervyu Yangiliklar

Diskvalifikaciyadan keyin kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapman. Bu yilgi mavsumda ham to'purar bo'lmoqchiman – “Neftchi” hujumchisi Doston Toshmatov bilan intervyu

Bir necha yillardan buyon PRO-Ligada to'purarlik mahoratini namoyon etib kelayotgan Doston Toshmatovni muxlislar yaxshi bilishsa kerak.

27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum “Neftchi” tarkibida sermahsullik ko'rsatib, PRO-Liga to'purari bo'lishdan tashqari “yil qaxramoni”ga ham aylangandi. Yodingizda bo'lsa, “Neftchi” – “Turon” uchrashuvining so'nggida hakam va futbolchilar o'rtasida kelib chiqqan katta janjalda Toshmatov ham bor edi. Qilmishiga yarasha jazosini olgan Doston o'n uchrashuvdan iborat diskvalifikaciyadan keyin yana katta futbolga qaytdi. Muxbirimiz yaqinda asli jizzaxlik bo'lgan forvard bilan bog'lanib, bir nechta savollarga javob oldi. 

- Doston, malum muddatlik tanaffusdan keyin yana katta futbolga qaytish imkoniyatiga egasiz. Ayni damdagi sport formangiz qay darajada?

- Avvalo etibor uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa “Neftchi” rahbariyatiga, murabbiylar shtabiga ishonch bildirib, garchi diskvalifikaciyaga uchrab, shartnomam tugagan bo'lishiga qaramay menga jamoada qolib faoliyatimni davom ettirishga imkoniyat berishgani uchun rahmat aytaman. To'g'risi o'tggan yili bo'lib o'tgan ishlarni eslashni istamayman va bu haqda boshqa gapirmoqchi emasman. O'zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Butun fikru zikrim tezroq maydonga qaytish va menga bildirilgan ishonchni oqlashga qaratilgan. Sport formamga keladigan bo'lsak, hozirda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapman. 100 foizga tayyor bo'lmasamda,malum muddat o'tib yana avvalgi xolatimga qaytishimga ishonaman. 

- “Neftchi” ustozi Ilhom Mo'minjonov bilan bu yil ilk marotaba birga ishlamoqdasiz. Ushbu murabbiyga qanday tarif berasiz?

- Albatta Ilhom aka Mo'minjonov bilan birga ishlayotganimdan xursanman. Bu murabbiy bilan birga faoliyat olib borish yoqmoqda. Tajribali mutaxassis ekanligiga hech qanday shubha yo'q. Inson sifatida ham oliyjanob degan bo'lardim.     

- Murabbiyning sizga bo'lgan ishonchini qanchalik his qilmoqdasiz?

- Bilmasam. To'g'risi bu haqda u kishining o'zidan so'raganingiz maqulroq. 

- “Neftchi” bu yilgi mavsumni deyarli yangilangan tarkib bilan o'tkazmoqda. Yangi jamoa sizga yoqyaptimi?

- To'g'ri aytasiz, darxaqiqat bu yil jamoada katta islohotlar yuz berdi. Yangi bosh murabbiy o'z qarashlariga munosib bo'lgan o'yinchilarni jamoaga taklif etgan. Hammasi tajribali ijrochilar. SHuningdek iqtidorli yigitlar ham o'rin olgan. Asosiysi futbolchilar bir-biri bilan ahil va inoq. Ichki muhit juda yaxshi.  

- O'tgan mavsum PRO-Ligada to'purar bo'lgan hujumchi sifatida “Neftchi”ning bu yilgi hujumchilari xususiy fikringiz qanday?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, bu yil murabbiylar tarkibdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida jamoaga tajribali futbolchilarni jalb etgan. Albatta oldingi chiziq vakillari bo'yicha ham taassurotlarim ijobiy. Ularning har biriga keyingi o'yinlarda ham omad tilayman. Istardimki, gollari soni ko'p bo'lib, “Neftchi”ning g'alabalariga munosib xissa qo'shishlarini. 

- Malum muddatlik tanaffusdan keyin jamoaga kirishib ketishingiz jarayoni qanday kechmoqda?

- To'g'risi boshida biroz qiyinchilik bo'ldi. Bugungi kunda esa hammasi joyida. 

- Bu yilgi mavsumda o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?

- Eng birinchi navbatda niyatim “Neftchi”ning Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishida o'z xissamni qo'shishdir. SHaxsiy maqsadga keladigan bo'lsak, bu yil ham to'purar bo'lishni istayman. 

- PRO-Ligada 9-tur ortda qolganini inobatga oladigan bo'lsak, to'purarlikka bo'lgan imkoniyatingizni qanday baholaysiz?

- 80 foizga imkoniyatim borligiga ishonaman. Hamma narsa o'z qo'limda. Mexnat qilsam, maqsadimga erishaman Xudo xohlasa.

- Doston Toshmatovni muxlislar yana qachon yashil maydonda ko'rishni boshlaydi?  

- Aytishlaricha hozircha meni O'zPFL ro'yxatidan o'tkazishmagan. Nasib qilsa ikkinchi davradan boshlab, “Neftchi”ga yordam berishni boshlayman. 

- Katta futbolni sog'ingan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. Rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishni intizorlik bilan kutyapman. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика