Dirk Kyuyt: "Suares Messi va Ronaldu bilan bir xil saviyada"
05 fev 2014 12:42
Yangiliklar

Dirk Kyuyt: "Suares Messi va Ronaldu bilan bir xil saviyada"
"Fenerbaxche" klubi hujumchisi Dirk Kyuyt bu yil "Liverpul" hujumchisi Luis Suares "Oltin to'p"ga kurashda Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga jiddiy raqobat qilishini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Kyuyt va Suares "mersisaydliklar" safida birga o'ynashgan.
"Suares Messi va Ronaldu bilan bir xil darajada ekanini aytishim mumkin. Ha, ular g'aroyib futbol namoyish etishadi, ammo Luis ham ulardan ortda emas. Agar "qizillar" mavsum oxirida CHempionlar ligasiga yo'llanma olishsa futbolchi uchun ham, klub uchun ham katta yutuq bo'ladi.
Suares - qoyilmaqom o'yinchi, uni APLdagi eng kuchli futbolchi deb bilaman", - deydi Kyuyt The Sport Review nashriga.

Fikrlar