So’nggi yangiliklar

07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлуниятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  0 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  0 02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  24 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  14 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  0 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  3 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  0 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  0 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  0 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  4 23:01"Мальорка" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  21 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  16 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0

Diqqat qiling! Birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlari start olmoqda Yangiliklar

Diqqat qiling! Birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlari start olmoqda

Bugun mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Afsuski yildan-yilga saviyasi tushib borayotgan ligaga bo'lgan etibor va qiziqish yuqori darajada deb bo'lmaydi. Saytimiz o'z odatiga ko'ra, birinchi ligaga qanday bo'lmasin doimo etibor qaratgan xolda, undagi har bir voqelikni imkon qadar muxlislarga etkazib berishga intiladi.

Bugun ikkinchi bosqich o'yinlariga start beriladi. Davralar oralig'ida har bir jamoa o'z imkoniyati darajasidan kelib chiqib, yig'in o'tkazdi. Xo'sh, jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga tayyormi? Bu chempionat davomida bilib olamiz. Birinchi tur oldidan har to'qnashuvga etibor qaratib, o'z tahminlarimizni keltirib o'tishni lozim topdik.

1- tur. 16 avgust (shanba)
Istiklol  – SHo'rtan
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), J. Akmalov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Mazkur uchrashuvda shubhasiz g'uzorliklar favorit. Boisi Muxtor Qurbonov jamoasi ochig'ini aytganda, bugungi kunda birinchi ligada qarshisidan chiqqan raqibni “eb tashlashga” qodir. Tarkib va boshqa jihatlar bo'yicha “SHo'rtan”ga jiddiy qarshilik tug'diradigan raqibni ko'rmayapmiz. Oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “SHo'rtan” davralar oralig'ida puxta tayyorgarlik ko'rdi. Bitta futbolchi bilan xayrlashib, o'z safiga uch nafar yangi o'yinchilarni qo'shib oldi.
“Istiqlol” esa birinchi bosqichda o'ynagan ayrim etakchi o'yinchilari bilan xayrlashdi. Ularning o'rnini mahalliy yoshlar hisobiga to'ldirib oldi. Ko'ramiz Kamol Jo'nashev shogirdlari bugun musobaqa peshqadamiga qanchalik tashvish tug'dirarkin.  
 
Paxtakor-2  – Mashal-2
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent vil.), I. Abdulakov (Toshkent vil.), I. Zoitov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
Birinchi liganing ikki farm-klubining to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi “Paxtakor-2” birinchi bosqichda “sharq” mintaqasida farm klublar orasida nisbatan yaxshi natija qayd etganini ko'rdik. Uning bugungi raqibi “Mashal-2”ga ham shunday tarif bergan bo'lardik. Dilshod Andaev jamoasida bugun Toshkentdan ochko olib ketish imkoniyati bor deb hisoblaymiz. Lekin yosh “paxtakorchilar” ham o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmaydi.  

UzDongJu  – SHerdor
Hakamlar:
V. Najafaliev (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent).
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
 Yoshlardan tashkil topgan Andijonning “UzDongJu” jamoasini bugun g'alaba qozonishiga shubha yo'q. Davralar oralig'ida Andijon – Toshkent yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik olib borgan “bo'yoqchilar” birinchi bosqichda o'z maydonida raqiblarini ancha mushkul ahvolga solib qo'yganini ko'rgandik. Bugun ham ular “SHerdor”ni mag'lub etib, ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlashga imkoniyati yuqori. Sayfullo SHaripov boshchiligidagi Samarqandning “SHerdor” jamoasi imkon qadar safardan ochko bilan qaytishga urinishi turgan gap.

Xotira-79 – Alanga
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona), A. O'rinov (Farg'ona), Z. Abdurahmanov (Andijon)
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
Birinchi bosqichdan so'ng “Xotira-79”ni bir qator etakchi o'yinchilari tark etib ulgurdi. Bahrom Yuldashev, Sanjar Asqaraliev hamda Islombek Isoqjonov singari birinchi bosqichda uychiliklarning muvaffiqiyatlariga sezilarli hissa qo'shgan o'yinchilar oliy va birinchi liganing ayrim klublariga yo'l oldi. Uychi jamoasining o'yinida birinchi bosqichning oxirgi turlarida sezilarli pasayish kuzatildi. Anvar O'rinov jamoasi bo'lmish Kosonning “Alanga” jamoasida ham safardan ochko olib qaytish imkoniyati bordek tuyulmoqda, nazarimizda.

Obod  – Xorazm
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), F. Yuldshev (Toshkent).
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
SHubhasiz turning markaziy o'yini desak mubolag'a bo'lmaydi. Toshkentning “Obod” jamoas debyut mavsumida yomon taassurot qoldirmayapti. Mavsum boshida o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan “Xorazm” esa ushbu maqsad yo'lida keyingi mavsumlarda kurashishga qaror qilgan ko'rinadi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, davralar oralig'ida jamoani ayrim etakchi o'yinchilari tark etgan.  

Qo'qon-1912  – Orol
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
Oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan aniq jamoalardan biri “Qo'qon-1912” davralar oralig'ida sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bosh murabbiy Rustam Abdullaev chiziqlardagi raqobatni oshirish maqsadida birinchi liga toifasida tajribali hisoblangan bir qator o'yinchilarni safga qo'shib oldi. Bugungi o'yin qo'qonliklarning ikkinchi bosqichga qanchalik tayyorgarlik ko'rganini namoyish etib bersa ajab emas. Nukusning “Orol” jamoasi vodiyda ko'pincha mag'lub bo'ladi. Lekin bu yil umuman boshqacha “Orol”ni ko'rmoqdamiz. Yani Nematulla Qutiboev jamoasi ushbu mavsumda muxlislarini quvontirmoqda.   

Turning qolgan ikki uchrashuvi taqvimga ko'ra, ertaga bo'lib o'tadi. Unda quyidagi jamoalar kuch sinashadi.  
17 avgust (yakshanba)
Oq-tepa – Zomin
Hakamlar:
A. Rubakov (Toshkent), S. Hakimov (Samarqand), SH. Qamarov (Samarqand).
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
“SHarq” mintaqasida oliy ligaga chiqish uchun kurashadigan jamoalardan biri “Oq-tepa”da sezilarli o'zgarishlar kuzatildi. Murabbiylar shtabi deyarli yangitdan tuzildi. SHuningdek tarkibda ham o'zgarishlar bo'ldi. Furqat Esonboev Sport TVdagi ko'rsatuvlarda mutaxassis sifatida ancha jarangdor fikrlarni bildirib, muxlislarni etiborini tortib kelgan. Ko'ramiz murabbiy sifatida Furqat Erkinovich qanday ish olib borar ekan. “Oq-tepa” rahbariyati jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berganiga shubha yo'q. Bizningcha faqat natija ko'rsatish qoldi xolos.

Spartak Murtazoevning Zominda kurashchan jamoa shakllantirganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Bu jamoa ertaga garchi safarda o'ynasada “Oq-tepa”ga jiddiy tashvish tug'diradi degan tahmindamiz.   

 
NBU-Osiyo  – G'allakor-Avtomobilchi
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro), A. Sidorov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent vil.).
Mazkur qarama-qarshilikda ochig'i, “bankirlar”ning ustunligini ko'rmoqdamiz. Albatta bu bizning taxmin. Negaki, toshkentliklar tarkib borasida raqibiga nisbatan kuchli. Lekin Furqat O'rolov boshqaruvidagi “G'allakor-Avtomobilchi” ham safardan imkon qadar ochko tortib qaytishga urinishi aniq.

Bu bizning tahmin edi. Qolganini o'yin ko'rsatadi. “SA” barcha jamoaga omad tilaydi!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика