Diogu Dalot: “Milan” mavsumdagi birinchi maqsadiga erishdi
11 dek 2020 08:35
Yangiliklar


Diogu Dalot: “Milan” mavsumdagi birinchi maqsadiga erishdi
“Milan” himoyachisi “Sparta”ga qarshi Evropa Ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan bahsdan so'ng (1:0) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Raqib musobaqa bilan xayrlashgandi. Biroq bizda g'alaba qozonish xohishi hamon bor edi. Yaxshi o'ynadik, oxirigacha kurashdik deb o'ylayman, shuning uchun ham g'alabaga erishdik va guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritdik. Biz bu erga g'alaba uchun kelganimizni bilardik, biroq boshqa o'yin natijasini ham kutishga majbur edik. “Seltik” yutdi va “Milan” guruhni 1-o'rinda yakunladi. Mavsumdagi birinchi maqsadimizga erishdik”, — deydi Diogu Dalot.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar