"Dinamo"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
17 sen 2014 11:45
Yangiliklar

"Dinamo"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Ikki hafta davomida Dinamo klubi rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, jamoa sardori – darvozabon Andrey Melnichuk oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida topildi.
196 nafar ishtirokchi qatnashgan so'rovnomada, 75 muxlis (38,3%) o'z ovozini aynan ukrainalik tajribali posbonga bergan.
So'nggi ikki o'yin Bunyodkor va Andijonga qarshi bahslarda g'alabaga munosib ulush qo'shgan Azamat Bobojonov so'rovnomada Melnichukka raqobat tug'dirdi. Tezkor yarimhimoyachimiz 56 ta (28.6%) ovoz to'pladi.
Uchinchi o'rinda esa yakunlangan oyda jamoa muxlislari Sanat SHixovni tanlashgan. Andijon bilan bahsda chiroyli gol muallifiga aylangan iqtidorli futbolchimizga 39 ta (19.9%) ovozga ega bo'ldi.
So'rovnomada shuningdek, himoyachilar Ildar Mamatkazin, Akmal Bozorov, hujumchi Zayniddin Tojievlar ham muxlislar tomonidan tanlangan.
Eslatib o'tamiz, Andrey Melnichuk joriy mavsum hisobidan uchinchi marotaba oy yakuniga ko'ra muxlislar tomonidan, Dinamoning eng yaxshi futbolchisi deya topilmoqda.

Fikrlar