So’nggi yangiliklar

08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   0 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  1 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  3 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  3 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  11 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  2 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0

"Dinamo"ning 24 o'yinlik g'alabali seriyasi Andijonda to'xtatildi Yangiliklar

"Dinamo"ning 24 o'yinlik g'alabali seriyasi Andijonda to'xtatildi

Teglar :  Dinamo
Birinchi Liga 33-turi doirasida Andijonda UzDongJu mehmoni bo'lgan Dinamo jamoasining 24 o'yinga davom etgan g'alabali seriyasi nihoyasiga etdi.

Jamoamizning g'alabali o'yinlari soni 6 oy va 6 kun davom etdi.

So'nggi marta 2-turda Yozyovonda nursiz durang qayd etib ochko yo'qotgan Dinamochilar 33-turga kelib UzDongJu bilan bahsda ham 1:1 hisobidagi murosali o'yinda ochko yo'qotishdi.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan mezbonlar 8-daqiqada Davron Farhodovning goli evaziga hisobni ochishdi. Bunga javoban samarqandliklarning ketma-ket hujumlari 76-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Tajribali himoyachi Aleksey Nikolaevning yo'llagan zarbasi Dinamoning safardan bir ochko bilan qaytishini taminladi, 1:1.

Jamoamizni navbatdagi bahsda ham muhim o'yin kutib turibdi. 26 oktyabr kuni Dinamo Haqqulobodda turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan Norin klubi mehmoni bo'ladi.

Birinchi Liga. 33-tur.

23 oktyabr (yakshanba)

UzDongJu (Andijon) – Dinamo (Samarqand) – 1:1

Andijon, 109 tomoshabin.

Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,3, F. Yarmuxamedov (Toshkent) – 8,1, S. Nishonboev (Toshkent) – 8,1.

Gollar: D. Farhodov (8) – A. Nikolaev (76).

Dinamo: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (Ubaydullo Nabiev, 16), Aleksey Nikolaev, Mirkomil Lokaev, Jonibek Ko'chimov (Islom SHaripov, 51) Omadjon Tayloqov, Iskandar Xolmirzaev (Asomiddin Mamatov, 79), Jasur Azimov, Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 60), Amirjon Safarov.

Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Ogohlantirishlar: A. Abdumajidov (49), A. Komilov (56), D. Farhodov (76) – U. Nabiev (47).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика