So’nggi yangiliklar

23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  0 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  0 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  22 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  10 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  48 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18

"Dinamo"ning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi! Yangiliklar

"Dinamo"ning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi!

Teglar :  DinamoAzimov
So'nggi ikki haftada davomida Dinamo klubi rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, jamoaning 23 yoshli futbolchisi Jasur Azimov muxlislar tomonidan 1-davraning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Jasur Azimovga 66 ta ovoz berilgan bo'lib, bu jami ovozlarning 24,5 % tashkil qilgan. Ushbu futbolchining muxlislar tanloviga aylanganligi bejizga emas. Jasur birinchi davrada Dinamo safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylangan. Azimov Oliy Ligada 14 o'yinda, 1215 daqiqa davomida to'p surgan. Uning Nasaf va Neftchi jamoalariga qarshi kiritgan ajoyib gollari Dinamoga muhim ochkolarni taqdim etgan. U kerak paytda chap qanot himoyachisi, gohida tayanch yarimhimoyachisi sifatida to'p surdi.

Birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi kim? so'rovnomasida Jasur Azimovga Amirjon Safarov raqobatchilik qildi. Dinamo hujumchisi 54 ovoz (20%) bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Safarov kubokdagi gollaridan tashqari, Oliy Ligada 4 marta raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi.

Bu safar 3-o'rinda bir yo'la ikki futbolchi joy oldi. Himoyachi Radu Rogak va hujumchi Abdumalik Abdullaevlar bir xil 40 tadan ovoz (14,8%) olishgan.

Muxlislar o'rtasidagi so'rovnomada, shuningdek, Javohir Qahramonov 27 ta (10%), Akmal Bozorov 13 (4,8%), Sardor Sulaymonov 12 (4,4 %), Mirkomil Lokaev 11 (4,1%), Orif Mamajonov, Mixail Naumovlar 4 ta (1,5 %) ovoz olishgan.


Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика