"Dinamo" yaqin vaqt ichida qarzini to'laydi
19 jan 2017 18:45
Yangiliklar
"Dinamo" yaqin vaqt ichida qarzini to'laydi
Moskvaning "Dinamo" klubi ijrochi direktori Evgeniy Krechetovning malum qilishicha, klub tez orada futbolchilardan bo'lgan qarzdorlikni yopadi.
Gap jamoaning 3 futbolchisi - Vitaliy Dyakov, Igor Denisov va Pavel Pogrebnyak haqida ketmoqda.
2016 yilning dekabr oyida Rossiya futbol ittifoqi "Dinamo"ga jamoaning uch sobiq futbolchisidan bo'lgan qarzdorlikni uzishi borasida qaror chiqargan edi.
"Klub Denisov, Dyakov va Pogrebnyakdan qarzdor. Yaqin vaqt ichida "Dinamo" pulni to'laydi" - deydi Krechetov.
Eslatib o'tamiz, barcha qarzlar to'lanmaguncha "Dinamo"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlagan.
Fikrlar