So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  1 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

"Dinamo" va "Paxtakor" futbolchilari terma jamoadan chaqiruv olishdi Yangiliklar

"Dinamo" va "Paxtakor" futbolchilari terma jamoadan chaqiruv olishdi

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi SHtefan Tarkovich JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o'yinlarga chaqirilgan futbolchilar nomini elon qildi.

Kengaytirilgan ro'yxatda "Dinamo" hujumchisi Joel Kojo va "Paxtakor" vakili Kimi Merk ham bor.

Qirg'iz Respublikasi 6 iyun kuni o'z maydonida Malayziyani qabul qiladi, 11 iyunda esa O'mon mehmoni bo'ladi.

30 nafar futbolchi 27 may-4 iyun oralig'ida Jalolobod shahridagi yig'inda ishtirok etadi. Bo'lajak o'yinlar uchun yakuniy qaydnomadan 23 nafar futbolchi joy oladi.

Qirg'iz Respublikasining yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Tokotaev Erjan («SHanliurfaspor», Turkiya), Islamkulov Marsel («Abdish-Ata»), Pryadkin Artem («Dordoy»).

Himoyachilar: Kichin Valeriy («Enisey», Rossiya), Kozubaev Tamirlan («Istern», Gonkong), Jirgalbek uulu Qayrat, SHamurzaev Amantur, Brauzman Xristiyan (hammasi – «Abdish-Ata»), Bekberdinov Arslan, Daciev Said, Mishchenko Aleksandr (hammasi – «Dordoy»), Kidirshaev Emir-Xan («Xuvenil», Ispaniya).

Yarim himoyachilar: Abdurahmonov Odiljon («Neftchi»), SHukurov Alimardon («Torpedo», Belarus), Zaripbekov Eldiyar («CHayka», Rossiya), Amangeldiev Bektur («Nagavord», Kambodja), Kadirjanov Adil, Ahmedov Murolimjon (ikkisi - «Dordoy»), Kenjebaev Ermek («Slaviya Mozir», Belarus), Merk Kimi («Paxtakor», O'zbekiston), Stalbekov Nurdoolot («Alay»), Almazbekov Beknaz («Galatasaroy», Turkiya), Japarov Amir («Muras Yunayted»), Atabaev Erbol («Volgar», Rossiya), Alikulov Guljigit («Neman», Belarus), Kanibekov Adilet («Perak», Malayziya), Jumashev Atay, Uzdenov Magamed (ikkisi – «Abdish-Ata»).

Hujumchilar: Merk Kay («Union Titus Petanj», Lyuksemburg), Batirkanov Ernist («Abdish-Ata»), Joel Kojo («Dinamo», O'zbekiston), Baktibekov Nurbol va Murzaxmatov Marlen (ikkisi - «Dordoy»).


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика