"Dinamo" Toshkentda yig'in boshladi
20 fev 2018 15:28
Yangiliklar
"Dinamo" Toshkentda yig'in boshladi
Yangi mavsumda o'z oldiga Pro-Liga-2018 g'olibi bo'lib, Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan Dinamo jamoasi bugundan Toshkentda yig'in boshladi.
2018 yilgi tayyorgarlik rejasi doirasida dastlab 20-28 dekabr kunlari, so'ng 6-30 yanvar, 5-16 fevral kunlari Samarqanddagi qarorgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etgan «Dinamo» Navoiyda «Qizilqum», Qarshida «Nasaf», Samarqandda «Sochak» va «SHerdor» klublari bilan nazorat bahslari o'tkazdi.
Endi esa yig'inning yakuniy bosqichi poytaxtda boshlandi. Ilhom SHaripov menejerligida, Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan murabbiyligida ikki hafta davom etishi ko'zlangan ushbu yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tadi, shuningdek tarkibda bir qator futbolchilar sinovdan o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar