"Dinamo" Toshkentda yig'in boshladi
02 fev 2017 11:46
Yangiliklar
"Dinamo" Toshkentda yig'in boshladi
Ilhom SHaripov boshchiligidagi jamoamiz poytaxtda ikki hafta davomida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Bu orada jamoamiz bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Jumladan, Dinamo 3 fevral kuni Paxtakor, 5 fevralda esa Bunyodkor yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Dinamo jamoasi tarkibida hozircha o'zgarish bo'lgani yo'q. Tarkibda mahalliy futbolchilar bilan birga darvozabon Mixail Naumov va Aleksey Nikolaevlar ham mashg'ulotlarga qo'shilishgan. 15 fevralgacha davom etadigan o'quv mashg'ulot yig'ini davomida tarkibda o'zgarishlar bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Dinamo Jizzaxda So'g'diyona bilan (0:0), Yangierda Mashal (0:1), Navoiyda esa Qizilqumga (2:0) qarshi o'yinlar o'tkazib, bir durang, bir g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan edi.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar