So’nggi yangiliklar

18:57Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" (матнли трансляция)  11 18:41Суперлига. "Насаф" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  8 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  2 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  9 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  4 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  8 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  2 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  3 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  19

"Dinamo" tanishtiruv marosimi va konferenciya o'tkazdi FOTO Yangiliklar

"Dinamo" tanishtiruv marosimi va konferenciya o'tkazdi FOTO

Teglar :  TanishtiruvDinamo
“Dinamo” jamoasi yangi futbolchilar taqdimoti va muxlislar bilan uchrashuv o'tkazdi.


Aytish lozimki, shu kungi marosim faqat taqdimot emas, ochiq davra suhbati va mavsum oldi yig'ilgan dolzarb savol-javoblar bilan o'tdi.

SHu kungi tadbirda “Dinamo” jamoasining barcha futbolchilari, murabbiylari ishtirok etib, yangi futbolchilar keng ommaga tanishtirildi. Jurnalistlar hamda muxlislarda jamoa futbolchilari va murabbiylarga o'z savollari bilan murojaat etish imkoniyati bo'ldi.

Samarqanddagi “Biznes Centr” binosi zalida o'tgan konferenciyada yuzga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Taqdimotda dastlab “Dinamo” klubi bosh menejeri Ilhom SHaripov so'zga chiqib, muxlislarga jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi va tarkibi borasida axborot berdi va jamoaga kelib qo'shilgan 9 nafar yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Jumladan, SHohruh Eshbo'taev 1-raqamni, Ilhom Yunusov 7, Viktor Grigorev 50, Azizbek Suyunov 70, Aram Markaryan 90, Mirzabek Joniqulov 24, Maradona Safarov 19, Muydin Mamazulumov 10, Zohir Qo'ziboevga esa 28-raqamli futbolka topshirildi.

“Yangi mavsum tayyorgarligini ikki bosqichda Samarqand va Toshkentda o'tkazdik. Tarkibimizni imkonqadar kuchaytirishga intildik. Qo'l ostimizdagi yigitlar bilan bosh vazifamiz Superligaga chiqishni maqsad qilganmiz” – dedi Ilhom SHaripov.


O'z navbatida futbolchilardan jamoa sardori, samarqandlik tajribali yarimhimoyachi Ilhom Yunusov, Jasur Azimov, himoyachi Viktor Grigorev, hujumchi Zohir Qo'ziboevlar so'zga chiqib, jamoa mavsumga tayyor ekanligi, klub oldidagi bosh vazifa – Superligaga qaytish ekanligini takidlab, muxlislar ishonchini oqlash uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishlariga vada berishdi.

Savol-javoblarga boy o'tgan tadbirda faxriy va faol muxlislardan Murodullo hoji Qarshiev, Abdumannon Hakimov, O'ktam Jamolov, Iskandar Xusainov, Abdug'ani Obloqulov, Zokir Qayumov, Fayoz Ganievlar so'zga chiqib, “Dinamo” jamoasini har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlashlarini malum qilib, dolzarb mavzularni ko'tarishdi. Samarqandning yana bir jamoasi “SHerdor” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov ham so'z olib, jamoaning bu yilgi maqsadi “Dinamo”ga samarqandlik yosh futbolchilarni etkazib berish ekanliganligini aytib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

SHuningdek, “Samarqand” telekanalidan jurnalist Dilmurod Do'stmurodov, “Zarafshon” gazetasidan Dilmurod To'xtaev, “STV-Samarqand” telekanali va boshqa nashr muxbirlari stadionda yaratiladigan sharoitlar, klubning hozirgi holati va maqsadi, bu yilgi chiptalar narxi va o'yinlarning viloyat telekanallarida translyaciya qilishi borasida muhim savollarni o'rtaga tashlashdi.

O'z navbatida viloyat futboli mutasaddi rahbarlaridan Baxtiyor Jo'raev jurnalist va muxlislar savollariga javob qaytararkan, “Dinamo”ga homiylar tomonidan sharoitlar yaratib berilayotganligini aytib, stadionda chipta bahosini qaytadan ko'rib chiqishni va “Dinamo”ning Pro-Ligadagi uy uchrashuvlarini viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatish borasida ishlar olib borilayotganligini takidladi.

Qiziqarli savol-javoblar, ochiq davra suhbati, konferenciya shaklida o'tgan taqdimot marosimida yig'ilganlar jamoaga yangi mavsumga omad va zafarlar tilashdi.


“Dinamo” klubi Matbuot xizmati.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика