"Dinamo" SHotursunov, Boboqulov va Rekun bilan shartnoma imzoladi
01 avg 2015 13:35
Yangiliklar


"Dinamo" SHotursunov, Boboqulov va Rekun bilan shartnoma imzoladi
Davralar oralig'ida Dinamo jamoasi tarkibida yangi futbolchilar kelib qo'shilishi davom etmoqda.
Kuni kecha jamoamiz yana uch futbolchi – Farrux SHotursunov, Sergey Rekun va Feruz Boboqulovlar bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu futbolchilardan birinchi davrani Andijon safida o'tkazgan Farrux SHotursunov o'tgan mavsumda klubimiz sharafini himoya etib, iqtidorli hujumchi ekanligini ko'rsatgan bo'lsa, hujumkor yarimhimoyachi Sergey Rekun Oqtepa va O'zbekiston olimpiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan. Hujum chizig'ida to'p suradigan Feruz Boboqulov esa Qizilqum klubi safidan jamoamiz tarkibiga kelib qo'shildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar