"Dinamo" serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
27 iyu 2023 17:39
Yangiliklar
"Dinamo" serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" jamoasi Pro liga 2-davrasi oldidan o'z safini yangi o'yinchilar bilan to'ldirmoqda.
Jamoa davralar oralig'ida Qirg'izistonning Issiqko'l shahrida tayyorgarlik jarayonini olib bordi. Ushbu yig'inda jamoaga taklif etilgan Dushan Miyich klub murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirdi.
"Dinamo" jamoasi serbiyalik 30 yoshli markaziy himoyachi bilan yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi.
Dushan Miyich 1993 yilning 22 iyun kuni Serbiyada tug'ilgan. Faoliyati davomida Serbiyaning bir qator klublaridan tashqari, so'nggi mavsumda Armanistonning "Ararat" klubida to'p tepgan. Miyich o'z vaqtida Serbiya yoshlar jamoasi sharafini ham himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar