So’nggi yangiliklar

17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  1 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  5 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  7 13:39Мало Гюсто: "Челси" Конференциялар Лигасини ютиши керак"  2 13:17Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  2 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  6 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  5 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  5 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  5

"Dinamo" qaytishi kerakmi yoki yo'q? Yangiliklar

"Dinamo" qaytishi kerakmi yoki yo'q?

Teglar :  DinamoSamarqand
Kecha futbol saytlarida samarqandlik muxlislar tomonidan yozilgan murojaat chop etildi.

"uff.uz" va saytimizdagi fikrlar bilan tanishib chiqar ekanman. Ko'pchilik bundan norozi bo'lganiga amin bo'ldim. Ko'pchilki maqolani atayin yozdirishdi deb o'yladi. Bu maqolaga hech qanaqasiga PFL buyurtma bermagan. PFLga qolsa hech qachon o'z reglamentini buzmasa. Ammo har qaerdan keladigan iltimoslar, o'zbekchilik PFLdagi reglamentni allaqachon o'z izidan chiqarib yuborib bo'ldi. Butun dunyoda oliy liga bilan xayrlashgan jamoa biladi, keyingi yil 1 ligada o'ynashini. Birinchi liga g'olibi esa yuqori ligada faoliyat olib borishini. Lekin bizda emas.

"Obod"ning stadioni yo'q, unga oliy ligada nima bor deyotganlarga bitta savol. "Paxtakor", "Neftchi", "Navbahor", "Qizilqum", "Bunyodkor", "Andijon" va "So'g'diyona" jamoalarining xususiy stadionlari bormi? Yo'q, albatta. Biz bu jamoalarni uy o'yinlarini o'tkazadigan stadionlarini bilamiz, lekin ularning bari ijara asosida klublarga xizmat qiladi. "Obod" yangilik yaratayotgani yo'q. Klub arzimagan pul bilan oliy ligaga chiqdi. Yosh murabbiyga imkoniyat beryapti. Tarkibiga mahalliy futbolchilarni jalb etdi. Mehnat qildi. SHunday ekan, nima uchun mehnatning rohatini ko'rmasin. Agar birinchi ligadan chiqadigan jamoalar ertaga nima qilishlarini bilmay o'tiraversalar, birinchi ligani o'tkazishdan maqsad nima? Xullas, "Dinamo" oliy ligada qoladimi yoki yo'qmi bu boshqa masala, ammo "Obod"ga tegish kerak emas. Qatnashsin oliy ligada, 2 yil bo'ladimi bir yilmi farqi yo'q. Aslida Toshkentga bitta o'rtamiyona jamoa juda ham zarur. Bu erda "Paxtakor" va "Bunyodkor"ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan futbolchilar uchun tramplin vazifasini bajarishi mumkin. Yaxshi istedodli futbolchilar ko'p, lekin ularning barini na "Bunyodkor", na "Paxtakor" o'z tarkibiga sig'dira olmaydi. Viloyat jamoalariga beray desa, ular uddalay olsa olmasa, hokimiyatga bergan vadasi bo'ladi. Yosh futbolchidan ko'ra, u shoxdan, bu shoxga qo'nib yuruvchi futbolchilarni maqul ko'rishyapti. "Obod" mavzusini yopamiz, "Dinamo"ga ko'chdik.



"Dinamo"ni oliy ligada qolishi uchun jamoalar sonini 18taga etkazish kerak. Bunday holda "Oq-Tepa" yoki 2007 yil bo'lgani kabi, 2016 yilga kafolat xatini bersa, biron bir boshqa viloyat jamoasini elitaga qaytarish mumkin ("Olmaliq" misolida). Surxondaryo yoki Xorazmdan jamoa qilsa bo'ladi. Lekin... Lekin shundaki, 1 yil avval 14ta jamoa o'z safiga yaxshi futbolchi topa olmagan bir paytda, 18ta jamoa nima qiladi? Faoliyatini tugatgan futbolchilar yana katta sahnaga qaytadilarmi? Yoshlarga imkon beryapmiz, asosiy etibor mahalliy futbolchilarg qaratilgan degan cho'pchaklarga viloyat mutasaddilari qachongacha ishonadilar hayronman. SHuncha yillardan beri lag'mon ilib kelayotgan oliy liga klublari rahbarlarini o'z vazifasidan ozod etiladigan payt allaqachon keldi.

Murabbiyga licenziya beriladi, futbolchi asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kamida 10/12 yil davomida bilim oladi. Matbuot kotibini jurnalistikadan xabari bor. SHifokorning diplomi bor to'g'rimi? Lekin 16ta klubning 4tasining boshqaruvchisida bilim bormi, yo'qmi? Aynan mana shunday "mutaxassislar"ning ishbilmasligi tufayli biz va siz jabr chekyapmiz. Samarqandlik muxlislar boshlarini egib umid bilan shu xatni yozdilar. Ularga shu kerak deb o'ylaysizmi? Yoki "So'g'diyona" va "Andijon"ga kerakmi? Ular ham istashadi, boshqa muxlislar oldida gerdayib yurishga. Aslida biz yaxshi futbolchi emas, yaxshi mutaxassis yo'q. Yaxshi futbolchi, qishloqlardagi yaxshi futbolchini ko'ra biladi.

Ikki kundirki, "Dinamo"ning ashaddiy muxlisi qo'ng'iroq qiladi. Juda-juda istayaptiki, "Dinamo" yana oliy ligada o'ynasa. Futbolsiz qolmaylik deydi. Agar bizda oliy ligadan tashqari, birinchi ligaga ham jiddiy etibor qaratilganida balki u bunday demasdi. CHunki muxlis birinchi ligani, liga deb hisoblamaydi. Nafaqat muxlis, bazan o'zimiz ham nazarga olmaymiz bu ligani. "Dinamo" oliy ligada qoldi ham deylik, uni ichidagi mutaxassis kuchayib qolmaydiku. Kuchayib qolganda "So'g'diyona" va "Andijon"da kuchaymasmidi? SHuncha pul bilan "Buxoro" bitta maktab qildimi? "Olmaliq" va "Metallurg" so'nggi 10 yillikning moliya bo'yicha eng stabil jamoalari hisoblanadilar. To'g'ri, bu yil biroz qiyinchilik bo'ldi. Nega avvalgi yillarda bolalar futboliga, mahalliy mutaxassislarga etibor qaratilmadi? Savollar ko'p. Javobi esa bitta, viloyatlarda, shaharlarda futbol federaciyalarining deyarli o'rni yo'q. Klublar ularga bo'y sunmaydi, ular o'z bilgani bilan, klub o'z bilgani bilan ishlaydi.

18ta jamoa qila olmaymiz. "Dinamo"ni esa keyingi yil yaxshi homiyga ega bo'ladi deyishyapti. Hattoki, oliy ligada qolishini ham ishonch bilan aytishyapti. Lekin nima o'zgaradi? Balki bizda ham Evropa klublarida bo'lgani kabi, boshqaruvchilikka mutaxassislar o'z nomzodini qo'yadigan payt kelgandir. 4 yilda bir saylov bo'lsin, xususiy bo'lmagan klubga dasturi bor mutaxassis o'z nomzodini ilgari sursin. Xususiy klub shundoq ham pulini qanday ishlatishni biladi. O'marishdan naf yo'q, o'ziniki.



Yaqinda bitta tanishim o'z klubi bilan bo'lgan holatni achinib aytib beribdi. Rahbariyat senga 20 mlrd so'm beraman, qanday jamoa tuzasan desa, O'zbekistondagi eng yaxshi futbolchilarni chaqiraman debdi. O'zimga esa ko'tarmasiga "Kaptiva" berasiz degan. SHu bilan pul tamom. Abdullani kim uylantiradi... Abdullani bilmadim-ku, o'g'li yoki qizini albatta to'yini qilib beradi. Akademiyani kim quradi, strukturani kim rivojlantiradi. Mahalliy kadrlarni kim o'qitadi? Menimcha katta xolasi...

Yil boshida hakamlar o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazish uchun horijga borishni odat qilishdi. Klublarimiz esa futbolimizga berilayotgan etibor natijasida, kamida bir marotaba horijda bo'ladilar. Akademiyasi borlar bir yilda kamida 2ta turnirga chiqib kelishadi. Huddi shunday, klubdagi boshqa bo'lim vakillarini ham horijga chiqarish kerak. Osiyo chempionatlari bor. Matbuot kotibi borsin, marketing bo'limi vakili borsin. Futbol maktabi direktorlari borsin. Tag'in ham bizda futbol akademiyasi bo'lishi shart degan band yo'q. Aksar klublar o'ziga yaqin futbol maktabini nomiga otaliqqa olishadi. Yaqinda oliy ligada katta rejalar tuzayotgan jamoaning bolalarini bir mahallada ko'rib qoldim. Uyalib ketdim. 18 nafar 10 yoshli bolakaylar 3 xonali xovlini ijaraga olib Toshkentdagi turnirda ishtirok etishayotgan ekan. Buni "it yotish, mirza turish" deydilar. Bundan 1 oy avval o'sha klub rahbari bilan bo'lgan suhbatni esladim, lag'mon xona...

Etibor bering, bitta klub bormi hozir qarzim yo'q deb ko'ksiga uradigan? 80% futbolchilar bilan hisob kitob qilinmagan, agar undan ko'p bo'lmasa. Yil boshida 50-200 millionlab vada qilishga qilib qo'yadigan klublar, yil so'nggida o'sha pulni topib bera olmaydi. Ko'rpaga qarab oyoq uzatinglar axir. 10-15 million ber, davomiy bo'lsin. Yo'q pullarni vada qilaverishadi. Futbolchilar ham ishonaveradi. Undan bunga, bundan unga. Bu na klubga, na futbolchiga foydasi yo'q.

Xullas gapiray desa gap ko'p. Oddiy misol kollej va institut talabasi zavod va fabrikalarga ishga yuboriladi. Nima uchun klublarga yosh mutaxassislarni yubormaymiz? Prezidentimiz bejizga aytmaydilar, yoshlarga imkoni bering, yoshlarga deb. Undan keyin klublarda o'tirgan rahbarchalarimiz yoshlardan maslahat olishni o'zlariga erish deb biladilar. Bazi klub rahbarlari esa oldida oqayotgan suvni qadriga etmaydi.

"Dinamo" oliy ligada qoladimi yoki yo'qmi, buni reglament emas vaqt ko'rsatadi. 22 dekabr kuni bo'lib o'tadigan qurani kutamiz...

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика