So’nggi yangiliklar

23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  0 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2

"Dinamo" - "Paxtakor" 0:1. (To'liq sharh) Yangiliklar

"Dinamo" - "Paxtakor" 0:1. (To'liq sharh)

Turning etiborli o'yinlaridan biri Samarqandda o'tdi. SHu kuni Oliy Liga peshqadami va amaldagi chempion Paxtakor jamoasi Dinamo mehmoni bo'ldi.

Uchrashuv oldidan Dinamo jamoasi tarkibida muammolar bor edi. Ijara asosidagi kelishuvga ko'ra, ikki markaziy himoyachilar Ildar Mamatkazin va Akmal Xolmurodovlar jamoaga yordam bera olishmadi. Ularning o'rniga yosh mahalliy futbolchilar to'p surishdi.

SHiddatli va kurashlarga boy o'tgan uchrashuv tengkurashlar ostida boshlangan bo'lsada, 22-daqiqaga kelib burchak to'pidan amalga oshirilgan uzatmani chempionat to'purarlaridan biri Igor Sergeev Dinamo darvozasiga joylab qo'ydi.

Ushbu goldan so'ng jamoalar kurashni to'xtatishmadi va hujumlar oqimi davom etaverdi. Qayd etish joiz, har ikki tomon ham aksariyat hollarda juda asabiy ruhda to'p surib qo'polliklar yuzaga keldi.

Ikkinchi bo'limda ham Dinamo qarshi hujumlarda mehmonlar darvozasini ishg'ol etishga intildi, biroq shu kuni toshkentliklar himoya qo'rg'oni ancha barqaror o'yin namoyish etdi va yagona gol uchrashuv taqdirini hal etdi.

Oliy Liga. 12-tur. 7 iyun (yakshanba)

DINAMO - PAXTAKOR - 0:1

Hakamlar
: R.Bobomurodov, R.Samandarov, O.Jumaev, I.Ibrohimov.

Nazoratchi: R.Serazitdinov

Gol: Igor Sergeev, 22.

Dinamo: A.Melnichuk, B.Isroilov, M.Fomin, O.Zokirov, J.Azimov (I.SHaripov, 76), K.SHarofiddinov, M.Murodov, N.CHipev, A.Agaliev, F.Abdusalimov, A.Ibragimov.

Paxtakor: A.Lobanov, A.Merzlyakov, E.Krimec, A.Oraxovac, D.Hoshimov, A.Ismatullaev, V.Kozak, S.Andreev, SH.Karimov, I.Sergeev (J.Masharipov, 85), B.Pardaev (A.Soliev, 57).

Ogohlantirishlar
: M.Fomin 20, K.SHarofiddinov 90 - D.Hoshimov 32, A.Oraxovac 88.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика