So’nggi yangiliklar

21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  0 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  24 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  14 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1

"Dinamo" o'zi uchun to'g'ri qarorni qabul qildimi? Yangiliklar

"Dinamo" o'zi uchun to'g'ri qarorni qabul qildimi?

Teglar :  SurhonDinamoPFL
Kecha klub rahbariyatidan Ilhom SHaripov bilan gaplashgan edim. Agar jamoa Superligaga qo'yiladigan bo'lsa, qiynalib qolishlari mumkinligi haqida.

Superliga boshlanishiga bor-yo'g'i 11 kun qoldi. Gap strukturada emas. "Dinamo" 11 kun ichida hech bo'lmasa 10talikka kira oladigan tarkib yig'a oladimi? Juda qiyin. Mablag' topilishi mumkin, lekin klub oldida ayollar, o'rinbosarlar, futzal jamoalarini shakllantirish uchun atigi 11 kun vaqt bor. To'g'ri, ayollar va futzal hozir boshlanmayapti.

Lekin jamoa 11 kun ichida ham o'rinbosarlar, ham asosiy tarkibni aniqlab olishi, ro'yxatdan o'tkazishi, talabi katta bo'lgan Superligaga ishchi-guruh bilan tayyorlanishi kerak. Bu ishni "Surxon" yil boshidan boshlab yuborgandi. CHunki qanday qilib bo'lmasin "Surxon" Superligada o'ynashi malum edi, faqat bugun rasman aniqlik kiritildi. CHempionatni qoldirish sababi ham shunda edi.

Lekin "Dinamo" shu erda kichik xato qildi. Nega ular bunga rozi bo'lishdi? 2019 yilgi mavsumning o'rtamiyona jamoasi bo'lishga rozi bo'lishmi bu? Yoshlar bilan o'ynaymiz deyishi mumkin, to'g'ri, yoshlarni tarbiyalash kerak, lekin "Obod" misolida ko'rdikki, bu juda qiyin ish. Bu yoshlar Pro-ligada ham uchlikka kira olmadilar.

"Dinamo" 2019 yilni Pro-ligada o'tkazib, chempion bo'lib ana undan keyin 2020 yil Superligada qatnashishi kerak edi, chamamda. Bu yilning autsayderi bo'lib 2020 yil yana Pro-ligaga qaytmasdan. Sababi 3 oydan beri jamoa PRO liga saviyasidagi futbolchilar bilan tayyorgarlik ko'rdi. Endi Fayzievga haqiqatdan ham juda-juda qiyin bo'ladi.


"Dinamo"ni ovuntiradigan yagona narsa "Buxoro"da tarkib bo'yicha bo'layotgan muammolar. Jamoaning moliyaviy holati yaxshi futbolchilarning kelishiga to'sqinlik qilyapti. Lekin bu erda Ashurmatovning tajribasi sababli jamoa hech bo'lmasa 10talikka kirishga harakat qilib ko'rishini kuzatishimiz mumkin.

"Surxon" esa bugunning o'zidayoq kelishib qo'ygan futbolchilari bilan shartnomalarni tuzib tashlaydi va qiyinchiliksiz joriy yil 10talik ichida bo'ladi. Balki jamoa 8talikka ham kira olar, chunki ularning Superligada o'ynashiga ishonmagan aksar futbolchilar ikkinchi davrada tarkibga qo'shilishi mumkin, klubda pul bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q.

"Dinamo"dan ko'ra "Mashal" Superligada o'ynashga tayyorroq edi. Futbolchilar borasida ham PFL yil bo'yi talab qilgan licenziya ishlari bo'yicha ham. "Dinamo" Superliganing majburiy obunasi bo'ldi deb aytish mumkin. Buyog'iga Davron Fayziev va Ilhom SHaripovga sabr tilaymiz, ularni oson bo'lmagan mavsum kutib turibdi. Klub birinchi davrada imkon qadar ko'proq ochko ishlab olsagina, ikkinchi davrada o'z safini yaxshiroq o'yinchilar bilan boyitib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. 2019 yilning 8 martigacha esa kech qoladi.


O'FA PFLning 2018 yilgi Pro-ligani qanday kuchaytirgan bo'lsa, 2019 yil shunday kuchsizlantirdi. Yana shunisi malumki, endi Superligada qatnashish uchun Pro-ligada sovrindor bo'lish shart emas. Yangi mavsumda karmonda pul bo'lsa bo'lgani.

"Surxon" va "Dinamo"ni qaytishi, joriy mavsum butsalarini mixga ilishni maqsad qilib qo'yganlarga, qaytib maydonga qaytishlariga sabab bo'ladi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика