So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

"Dinamo": Nazorat o'yinlari va yangi futbolchilar haqida Yangiliklar

"Dinamo": Nazorat o'yinlari va yangi futbolchilar haqida

Ayni pallada Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichi doirasidagi ikkinchi yig'inni o'tkazayotgan Dinamo jamoasi bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazib, unda yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda.
Jamoamiz PFL Kubogida ishtirok etmayotgan bo'lsada, Oliy Liga klublariga qarshi bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazmoqda. Xususan, vakillarimiz 15 fevral kuni Namanganning Navbahor klubiga qarshi o'yin o'tkazishgan bo'lishsa, 16 fevralda So'g'diyonaga qarshi o'yinga tushishdi. Namangan klubiga qarshi o'yinda jamoamiz 2:1 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, asoson yosh futbolchilar to'p surgan Jizzax jamoasiga qarshi o'yinda esa 0:2 hisobi qayd etildi.

Hozirda Tachmurod Agamurodov qo'l ostidagi jamoada bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Jumladan, ular orasida Maksimilian Fomin, Otabek Zokirov, Pavel Smolyachenko, Aziz Ibragimov, Nikolay CHipov, Aleksandr Boliyan, Konstantin Mandrichenko singari nomlarni uchratish mumkin. Ular orasin Nikolay CHipov, Aleksandr Boliyan, Konstantin Mandrichenkolar legioner hisoblanishadi. CHipov Bolgariya chempionatidan tashrif buyurgan. U so'nggi mavsumda o'zi to'p surgan Neftoximik klubining Bolgariya A ligasidagi uchinchi davraning eng yaxshi futbolchisiga aylangan. Boliyan 2012 yilda Turkmaniston chempionati to'purari bo'lgan va ayni damda terma jamoa azosi sanaladi. Mandrichenko ham Moldava klublarida to'p surgan. Jamoamiz fevral oyi yakuniga qadar poytaxtimizda mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

Nazorat uchrashuvi. 15 fevral

Navbahor – Dinamo - 2:1

Gollar
: Azamat Bobojonov 12, - 1:0. Dilshod Jabborov 40, - 2:0. Aleksandr Boliyan 68 penalti, - 2:1.

Navbahor: Xurshid Xo'jaev, Bobur Akbarov, Botir To'raboev, Yuriy Rijko, Rahmatullo Berdimurodov, Azamat Bobojonov, Dilshod Jabborov, Rabbim Hasanov, Sunnatilla Mamadaliev, Sanat SHixov, SHahboz Erkinov.

Zaxira: Emil Mixaylov, Doniyor Usmonov, Timur Kagirov, Rahmatullo Meliboev, Otabek Valijonov, Muhammad Rasulov, Sardor Telyakov, Omon Bik Xalilov.

Dinamo: Andrey Melnichuk, Maksimilian Fomin, Ildar Mamatkazin, Akmal Xolmurodov, Avaz Agaliev, Komil SHarofitdinov, Otabek Zokirov, Pavel Smolyachenko, Aziz Ibragimov, Nikolay CHipov, Aleksandr Boliyan.

Zaxira: Muhiddin Xudoyorov, Rustam Toshturdiev, Jasur Azimov, Aminjon Fayzullaev, Bunyod Isroilov, Islom SHaripov, Mirkomil Lokaev, Murod To'ychiboev, Konstantin Mandrichenko, Aziz Mansurov.

Nazorat uchrashuvi. 16 fevral

Dinamo – So'g'diyona - 0:2

Gollar:
Elyor Jahonov, Sanjar Rashidov.

CHetlatishlar: Aziz Ibragimov - Renat Bayramov.

Dinamo: Muhiddin Xudoyorov, Ildar Mamatkazin, Komil SHarofitdinov, Murod To'ychiboev, Mirkomil Lokaev, Otabek Zokirov, Aminjon Fayzullayev, Islom SHaripov, Jasur Azimov, Aziz Mansurov, Bunyod Isroilov.

Zaxiradan tushganlar: Andrey Melnichuk, Avaz Agaliev, Aziz Ibragimov, Pavel Smolyachenko, Maksimilian Fomin, Nikolay CHipov, Aleksandr Boliyan.

So'g'diyona: Mixail Spiridonov, Akbar Sattaev, Elyor Oripov, Elyor Jahonov, Muzaffar Muzaffarov, Saydullo Rahmatov, Sanjar Rixsiboev, Anvar Rajabov, Ilhom Komilov, Sanjar Rashidov, Bobur Qosimov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика