So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатачи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  2 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  2 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  12 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  10

Dinamo muxlislari jamoa bilan dasturxon atrofida yig'ilishdi FOTO Yangiliklar

Dinamo muxlislari jamoa bilan dasturxon atrofida yig'ilishdi FOTO

Teglar :  DinamoMuxlislar
Dinamo jamoasining joriy yilgi natijalari Samarqand ahlini behad quvontirayotgani rost. Ijobiy natijalarda jonkuyar muxlislarning ham hissasi beqiyos.

Zero, Dinamo jamoasi quyi ligada to'p surganida ham suyukli jamoalarini hattoki safar o'yinlarida ham yolg'izlatib qo'ymagan ishqibozlar, Oliy Ligadagi har bir bahsda – xoh uyda, xoh mehmonda Dinamoni qo'llab-quvvatlashdan tinishmayapti. Bunga javoban futbolchilar ham munosib javob berishga intilishmoqda va hozirda muxlislar va futbolchilar bir oiladek bo'lib qolishgan.

Xususan, Dinamoning muvaffaqiyatli startidan ruhlangan jamoaning jonkuyar muxlislari Navro'z bayrami va omadli start munosabati bilan 29 mart, chorshanba kuni Dinamo klubini Samarqand shahridagi Navbahor restoranida tashkil etilgan bayram dasturxoniga taklif etishdi. Tadbirni jamoaning 40 yillik faxriy muxlisi Abdumannon Hoji bobo Quron-tilovati bilan duoga qo'l ochib, xalq xursandchiligi yo'lida jamoaga kuch va g'ayrat tiladi. Milliy taomlarimiz halisa (halim) va sumalak tortilgan bayram dasturxoni atrofida yuzga yaqin ishtirokchi – futbolchilar, murabbiylar va muxlislar birga yig'ilishib, do'stona ruhda suhbat qurishdi.



Bayram tadbiri yakunida Dinamo muxlislari faoli, tadbir tashkilotchisi SHavkat Burhonov do'stona ruhdagi uchrashuv haqida gapirib o'tdi.

Avvalambor, bugungi muxlislar bilan uchrashuvga tashrif buyurganliklari uchun sevimli jamoamiz Dinamo klubiga katta rahmat. Futbolchilar kabi, muxlislar ham ular bilan bir dasturxon atrofidagi uchrashuvdan bir olam taassurot olishdi. Bilasiz, Samarqand ahli futbolsevar xalq. Jamoamiz bu yil bizni behad quvontirmoqdaki, buni har o'yin kunlari shaharda futbol bayrami kayfiyati sezilib turganidan bilsa bo'ladi. O'tgan mavsumda jamoamiz quyi ligadan chiqqanligi uchun ko'pchilik Dinamoning muvaffaqiyatiga ishonmagan edi. SHunga qaramay, murabbiylarimiz yoshlardan iborat bo'lgan ajoyib jamoani shakllantirishdi. Jamoaning har bir futbolchisi Samarqand uchun, muxlislar uchun maydonda bor kuchini sarflayotgan ekan, biz muxlislar ularning har birini boshimizga ko'tarib yuramiz. Vaqti kelib shu o'yinchilar mamlakat futboli shani uchun ham to'p sursalar boshimiz osmonga etadi. Umidimiz bor, vaqti kelib Dinamo ham xalqaro maydonda to'p surib, Samarqandda ham Osiyoning etakchi jamoalarini ko'rishni istardik. Har holda shahrimiz va muxlislar bunga munosib. Oldinda bizni butun bir mavsum kutib turibdi. Jamoamizni ruhini ko'tarib, har o'yinda, har qanday holatda ularni qo'llab-quvvatlab turamiz. Oldindagi muhim bahslarda ularga omad yor bo'lsin deb qolamiz - deydi ashaddiy muxlis.



Ushbu tadbirdan tushirilgan suratlarni saytimizning Galereya bo'limidagi Muxlislar bilan uchrashuv – Navro'z-2017 fotogalereyasidan tomosha qilishingiz mumkin.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика