"Dinamo" muxlislari G'uzorga borishadi
12 avg 2017 09:01
Yangiliklar
"Dinamo" muxlislari G'uzorga borishadi
Sevimli jamoalari Dinamoni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlashdan to'xtamaydigan samarqandlik futbol ishqibozlari bu turda G'uzorga otlanishadi.
Xabaringiz bor, Oliy Liga 17-turi doirasida Dinamo Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumani jamoasi SHo'rtanga qarshi safarda to'p surishadi.
12 avgust kungi G'uzordagi uchrashuvda ham Dinamoning ashaddiy muxlislari suyukli jamoalarini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilishgan. SHu maqsadda G'uzordagi o'yinda Dinamo jamoasini qo'llab-quvvatlashni niyat qilgan muxlislar 12 avgust, shanba kuni soat 14:00 da Xo'ja Ahrori Vali masjidi oldidan (Selskiy krug) G'uzor tomon engil avtomashinalarda jo'nab ketishadi.
Bizga hamrohlik qilishni istovchi Dinamo muxlislari muxlislar faoli SHavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) qo'ng'iroq qilishlari mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar