So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

“Dinamo” – “Metallurg”. Prevyu Yangiliklar

“Dinamo” – “Metallurg”. Prevyu

Superliga 3-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda – Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo'ladi.

Mamlakatimizning nufuzi jihatidan ikkinchi o'rnida turadigan Samarqandning “Dinamo” jamoasiga 1960 yilda asos solingan. Klub turli yillarda o'z nomini o'zgartirib kelgan. 1960-63 yillarda – “Dinamo”, 1963-67 yillarda – “Spartak”, 1967-68 yillarda – “So'g'diyona”, 1968-70 yillarda – “Samarqand” FK, 1970-76 yillarda – “Spartak”, 1976-1991 yillarda – “Dinamo”, 1991-93 yillarda – “Maroqand”, 1993-97 yillarda – “Dinamo”, 1997-98 yillarda – “Afrosiyob”, 1998-2000 yillarda – “Samarqand” FK, 2000-2008 yillarda – “Samarqand-Dinamo” va nihoyat 2008 yildan to shu kungacha yana “Dinamo” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etib kelayapti. 

Klub anchagina boy tarixga ega. Sobiq Ittifoq birinchiliklarida, Kubok o'yinlarida nomdor jamoalar ustidan irodali g'alabalarga erishgan, mamlakatimiz Mustaqilligini elon qilgach O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashib kelgan. Biroq turli mavsumlarda barqaror o'yin ko'rsata olmaganligi bois quyi ligaga tushib ketgan onlar ham bo'lgan. Jumladan, “Dinamo” bir yillik tanaffusdan keyin yana elitaga qaytdi. 

Klub O'zbekiston chempionatlarida 682 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 235 tasida g'alaba qozongan. 120 ta uchrashuvda durang qayd etgan. 327 o'yinda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Samarqandliklar raqiblari darvozasiga 829 ta to'p kiritganlari holda, o'z darvozalaridan 989 ta to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g'alabasi 2000 yil Angrenning “Semurg'” jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatilgan – 8:0. O'z navbatida “Dinamo”ning milliy chempionatimizdagi eng yirik hisobdagi mag'lubiyati ham 0:8 ni tashkil etadi. 1997 yilda “Neftchi” hamda “Surxon” jamoalari samarqandliklar darvozasiga javobsiz sakkiztadan to'p kiritishgan.



Mazkur jamoalar shu kunga qadar kuchlilar safida o'zaro 36 bor kuch sinashishgan. Ushbu o'yinlarning 17 tasida dinamochilarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta o'yinda bekobodliklar zafar quchishgan. 8 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 53:41, samarqandliklar foydasiga.

Toshkent viloyati vakillarining “Dinamo” bilan o'yindagi eng yirik g'alabasi 3:0 ni tashkil etadi. Bekobodliklar bir marta o'z maydonlarida, bir marta esa raqiblari maydonida shunday hisobda zafar quchgan.

Safardagi yirik yutuq ushbu jamoalarning kuchlilar safidagi oxirgi to'qnashuvi – 2017 yilgi chempionatda qayd etilgan. Samarqandliklar esa “Metallurg”ni bir marta 5:0 hisobida dog'da qoldirgan. Eng sermahsul uchrashuv ikki bor qayd etilgan bo'lib, darvozalarga sakkiztadan gol kiritilgan. Tomonlar bir martadan 5:3 hisobida g'alaba qozonishgan.


Dinamo

Ixtiyor Toshpo’latov - 19', Mirkomil Loqayev - 90'

Superliga. 3-tur

06/04/2019, 16:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Muzaffar Muzaffarov - 28'

45'
90'
19'  Ixtiyor Toshpo’latov
19'  Amirzhon Safarov
62'  Akmal Xolmurodov (Siroj Hamroyev)
68'  Sanjar Baratov (Qadamboy Nurmetov)
69'  Hakimzhon Alamxonov
80'  Amirzhon Safarov (Jasur Azimov)
90'  Mirkomil Loqayev
23'  Muzaffar Muzaffarov
28'  Muzaffar Muzaffarov
32'  Andrey SHipilov (Kamoliddin Tojiyev)
61'  Ibrohim Yo'ldoshev (Server ZHeparov)
74'  Server ZHeparov (Muhammad Isaev)
90'  Sergey Tumasyan
90'  Muhammad Isaev


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика