"Dinamo" mashg'ulotlarni boshladi
22 dek 2013 19:32
Yangiliklar


"Dinamo" mashg'ulotlarni boshladi
Samarqandning "Dinamo" jamoasi navbatdagi mavsum uchun tayyorgarlikka kirishdi.
Jamoa azolari bugundan klub qarorgohiga yig'ildi va tayyorgarlik olib bordi. Bugungi mashg'ulotlar OZTM stadionida bo'lib o'tib unda futbolchilar engil mashg'ulotlarni olib bordi. Tarkib borasida aytadigan bo'lsak , jamoa to'liq o'tgan yilgi tarkib va mahalliy yoshlar bilan mashg'ulotlar olib bormoqda. Jamoa mashg'ulotlarida Birinchi liga jamoasi "SHerdor" va "Registon"ning bir necha futbolchilari ham mashg'ulotlar olib bormoqda. Jamoani To'lqin Mirzaev, Temur Dadashev, Nodir Sanaqulov, Omad Tayloqovlar tark etgan. Omad Tayloqov "Andijon" jamoasi safiga borib qo'shilgan bo'lsa, Nodir Sanaqulov "Nasaf" safiga qaytdi. Tarkibdagi o'zgarishlar asosan yanvar oyidagi yig'inda amalga oshiriladi.

Fikrlar