So’nggi yangiliklar

16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  1 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  2

"Dinamo" "Mashal"ni minimal hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

"Dinamo" "Mashal"ni minimal hisobda mag'lub etdi

"Dinamo" hamda "Mashal" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 2-tur uchrashuvi yakunlandi.

«Dinamo» — «Mashal» 1:0 

Gol: 45 -  Mirjahon Mirahmadov (Anvarjon Xojimirzaev)

Bosh hakam: Nikita Mustafin

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Akmal G'iyosov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, Richard Fraydey (11.Xislat Xalilov,65), 17.Salim Mustafoev, 6.Jahongir O'rozov, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 65), 88.Marko Stanoevich (5.Maykon Duglas Da Vilva Neris, 81), 7.Fransisko Jurani, Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvarjon Xojimirzaev (37.Firdavs Abdurahmonov,90).

Zaxira: 27.Edem Nemanov,  12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev,  77.Vohidjon Oqbo'taev.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 6.Javohir Abdualimov, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov ( 11.Asadbek Samariddinov, 84), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Anvar Murodov (30.Shohnazar Norbekov,84), 18.Dilshod Raxmatullaev (2.Salifu Mudasiru, 71). 19.Islom Sharipov, 34.Shahboz Jo'raev.

Zaxira: 1.Umidjon Xamroev,9.Ibrohim G'anixonov,24.Avazxon Mamatxo'jaev, 27.Zafarbek Akramov, 37.Sherzod Fayziev, 96.Ibrohim No'monov.

Ogohlantirish: 41 - Anvarjon Hojimirzaev, 66 - Sardor Abduraimov, 73 - Ravshanbek Yagudin


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi

88. Baratovning zarbasini Yagudin qiyinchilik bilan qaytardi

84. Asadbek Samariddinov va Shohnazar Norbekov maydonga tushdi. Murodov va Abduraimov maydoni tark etdi

81. Xojimirzaevning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

78. Uchrashuvda to'xtalish. Har ikki jamoa futbolchisi maydonda yotibdi. Ularga shifokorlar yordam ko'ratishmoqda

73. Yagudin uchrashuv vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi

71. Rahmatullaevning o'rniga Salifu Mudasiru maydonga tushdi

66. Sardor Abduraimov ogohlantirildi

65. Oybek O'rmonjonov va Hislat Xalilov maydonga tushishga tayyor. Ular Sanjar Qodirqulov va Richard Fraydeyni alishtirishdi

62. Xojimirzaevdan navbatdagi ajoyib uzatma biroq yana sheriklari imkoniyatdan foydalana olmadi

56. Richard ajoyib harakat qildi va Mirjahonga super uzatma berdi. Biroq bu safar Mirahmadov imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu erda darvozabon ham super harakat qildi

53. Anvarjon Xojimirzaev ajoyib zarba yo'lladi, biroq darvozabon ham ajoyib harakat qildi

48. Murtozoevning zarbasi juda noaniq ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. GOOOL. Mirjahon Mirahmadov uchrashuvdagi hisobni ochdi. Anvarjon Xojimirzaevdan super uzatma.

41. Bosh hakam Anvarjon Hojimirzaevni ogohlantirdi

Birinchi bo'lim yakuniga 5 daqiqa qoldi. Hozircha uchrashuv biroz sokin o'tmoqda

33. Murtozoevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Yagudin ushlab oldi. Uchrashuvdagi ilk aniq zarbani ham mehmonlar berdi

30. Richard qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, darvozabon yaxshi harakat qildi

20. Richard Fraydeyning kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Nigeriyalik hujumchidan xavfli vaziyat!

19. Mirahmadovning boshi bilan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

15. Hozircha to'p asosan markazda harakat qilmoqda.

9. Abdurahimovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Uchrashuvdagi ilk zarbani mehmonlar amalga oshirdi

7. Dastlabki daqiqalarda mezbonlar ustunlikka erishishga intilmoqda, biroq raqib ham hozircha yomon harakat qilmayapti

Uchrashuv boshlandi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика