Dinamo legioner futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
13 sen 09:05
Yangiliklar
Dinamo legioner futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Dinamo PFK Ratino bilan shartnomani 2025 yilning oxiriga qadar uzaytirdi.
«Dinamo» jamoasi braziliyalik yarim himoyachi Jurani Fransisko Ferreyra yoxud Ratino bilan amaldagi kelishuvni rasman uzaytirdi.
Samarqand klubi va braziliyalik yarim himoyachi o'rtasidagi kelishuv 2025 yil yakuniga qadar uzaytirildi. Amaldagi shartnoma 2024 yil yakunigacha edi.
Ratino mavsum boshida jamoamiz safiga qo'shilib, tez fursatda o'z o'yinlari bilan muxlis va mutaxassislar etiboriga tushdi. Endi u kamida kelasi yilda ham jamoamiz sharafini himoya qiladi!
Malumot uchun, 27 yoshli tayanch yarim himoyachisi joriy mavsum Superligada 14 o'yinda 2ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar