So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Dinamo klubi muxlislar bilan uchrashdi Yangiliklar

Dinamo klubi muxlislar bilan uchrashdi

Teglar :  Dinamo
22 oktyabr, payshanba kuni Dinamo stadionining anjumanlar zalida Dinamo futbol klubi va jamoa muxlislari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilish Samarqand viloyat futbol Federaciyasi, Dinamo PFK rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar ishtirokida bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad klub va muxlislar o'rtasida yanada yaqin aloqalar o'rnatib, mavjud muammolarni birga bartaraf etish, uy stadionda bo'lgani kabi mehmondagi o'yingohlarda ham muxlislik madaniyatini yuksaltirish borasida bo'ldi. SHuningdek, tadbirda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin ishqibozlar bosh murabbiy Bahrom Hakimov va bir qator futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi.

Avvalambor, jamoamizni nafaqat Samarqanddagi bahslarda balki safar uchrashuvlarida ham tinmay qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ular har qanday holatda ham jamoa ruhini ko'tarishga intilishmoqda. Ammo aksariyat holatlarda ayrim muxlislar safardagi o'yinlarimizdan norozi bo'lishmoqda. Ularni tushunaman, ammo ular ham jamoa tarkibi qisqa fursat ichida shakllanib qolmasligini tushunishlari lozim. CHindan ham oldinda jamoamizni juda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Ishonamanki, biz bu sinovlardan muvaffaqiyatli o'tamiz - deydi Bahrom Hakimov.

Bu borada klub rahbariyati, futbolchilar va muxlislar ham chiqish qilib, jamoaga ishonishlarini takidlashdi.

Qayd etish lozimki, bunday uchrashuvlar tobora anana tusiga kirmoqda. Joriy mavsum avvalida ham ikki marotaba mana shunday uchrashuv tashkil etilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика