So’nggi yangiliklar

22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  3 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  2 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" – "Бухоро" (матнли трансляция)  12 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  7 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  23 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  11 20:34"Истиқлол" — "Санат Нафт". Таркиблар маълум  0 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  4 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1

Messi ishtirok etmagan bahsda "Barselona" "Dinamo" Kievni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Messi ishtirok etmagan bahsda "Barselona" "Dinamo" Kievni yirik hisobda mag'lub etdi

"Dinamo" Kiev hamda "Barselona" o'rtasidagi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Dynamo Kyiv

Champions League Grp. G . 4-tur

25/11/2020, 01:00

4
:
0
Tugadi

Barcelona

Sergino Dest - 52', Martin Braithwaite - 57', Martin Braithwaite - 70', Antoine Griezmann - 90'

Stadion: Stadion NSK Olimpiyskiy, Kyiv, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Matej Jug

45'
90'
59'  Denis Harmash (Oleksandr Andrievsky)
59'  Oleksandr Karavaev (Denys Popov)
70'  Denys Popov
70'  Carlos De Pena (Vladyslav Supriaga)
70'  Mykola Shaparenko (Bogdan Lednev)
83'  Vladimir Shepelev (Tudor Baluta)
16'  Miralem Pjanic
52'  Sergino Dest
52'  Martin Braithwaite
57'  Martin Braithwaite
57'  Oscar Mingueza
65'  Miralem Pjanic (Ricard Puig)
65'  Philippe Coutinho (Antoine Griezmann)
65'  Clement Lenglet (Jordi Alba)
70'  Martin Braithwaite
73'  Pedri (Matheus Fernandes)
83'  Trincao (Konrad de la Fuente)
90'  Antoine Griezmann
90'  Jordi Alba

"Dinamo" Kiev – "Barselona"0:4

"NSK Olimpiyskiy"

Gollar: 0:1 – 52 Dest, 0:2 – 57 Breytueyt, 0:3 – 70, penalti Breytueyt, Grizmann 90+.

"Dinamo" Kiev – Bushhan, Kendzera, Karavaev (Popov, 60), Zabarniy, Mikolenko, Verbich, SHepelev (Beluce, 83), de Pena (Supryaga, 71), Garmash (Andrievskiy, 59), SHaparenko (Lednev, 71), Buyalskiy.

"Barselona" – ter Stegen, Firpo, Dest, Langle (Alba, 66), Mingesa, Alenya, Koutino (Grizmann, 66), Pedri (Fernandes, 73), Pyanich (Puch, 65), Trinkau (de la Fuente, 83), Breytueyt.

Ogohlantirishlar: Pyanich (15), Popov (69).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. GOOOL! Grizmann nihoyat gol urdi! Antuan qanotdan uzatilgan to'pni bir urinishda o'ziga to'g'irlab, darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. 0:4!

83. "Dinamo" Kiev futbolchisining goli hisobga olinmadi. U pas vaqtida o'yindan tashqari holatda edi.

76. Verbich qanotdan erlatib uzatilgan to'pga eta olmadi, aks holda hisob qisqargan bo'lardi.

70. GOOOL! Breytueyt penaltini golga aylantirdi va hisob yirik ko'rinishga keldi.

69. PENALTI! Xordi Alba to'pni raqib jarima maydonchasi markaziga uzatdi va Breytueyt to'pga bosh bilan zarba berayotganida Popov uni yiqitdi.

64. De Penya qulay vaziyatdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. U bergan zarbadan so'ng to'p tribuna tomon uchdi.

57. GOOOL! 0:2! Bu safar Breytueyt ukrainaliklar darvozasini ishg'ol qildi. Burchakdan uzatilgan to'pni Mingesa boshi bilan orqaroqdagi jamoadoshiga uzatdi va Breytuet bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

54. "Barselona" ikkinchi golni urishga yaqin kelgandi, ammo Koutinoning uzatmasidan so'ng Trinkau to'pga tuzukroq zarba bera olmadi va "Dinamo" posboni to'pni osonlik bilan egallab oldi.

52. GOOOL! Kataloniya klubi nihoyat hisobni ochdi. Dest Breytueytning jarima maydonchasi ichidagi uzatmasini golga aylantirdi.

49. Langle o'z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisini yiqitgandek ko'rindi, ammo hakam qoida buzilmaganini aytib, o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bahsning bu qismi birinchi taymdan qiziqroq bo'ladi deb umid qilamiz.

TANAFFUS

45+1. Kiev klubi birinchi bo'lim oxirida amalga oshirgan tezkor qarshi hujum zarba bilan yakun topdi, Kataloniya klubining baxtiga darvozani Ter SHtegen qo'llaydi, aks xolda... Nemis posboni ispanlarni goldan qutqarib qoldi.

40. "Barselona" tuzukroq hujum uyushtira olmayapti. Ularning qo'lidan faqat to'pga egalik qilish va mayda paslardan boshqa hech narsa kelmayapti. "Dinamo" esa onda-sonda qarshi hujumlar uyushtirib, uni noaniq yoki kuchsiz zarbalar bilan yakunlashmoqda.

36. Trinkau navbatdagi vaziyatda ham qahramon rolini ijro etdi. Ammo u bergan zarbadan so'ng "Dinamo" posboni Bushan to'pni osonlik bilan egallab oldi.

34. Trinkau "Dinamo" jarima maydonchasi ichida yiqitildi va hakam vaziyatga aniqlik kiritish uchun VARga murojaat qildi. Videoassistentlar esa hech qanday qoida buzilmaganligini aytishdi.

27. Kataloniya klubi raqib darvozasidan 35-40 metr uzoqlikda standart ishlab oldi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni mezbon jamoa futbolchilari qaytarib yubordi.

22. Ayni damda ushbu o'yin bilan parallel ravishda yana 5ta o'yin o'tkazilmoqda va ularning barchasida hisob ochilgan, biroq Kievdagi uchrashuvda hali darvoza ishg'ol qilingani yo'q.

19. "Dinamo" Kiev jarima zarbasini amalga oshirdi va to'p raqib maydonchasiga uzatildi, mezbonlar qaytgan to'pni hujumning ikkinchi to'lqini orqali darvozaga yo'llashdi. Ter SHtegen xavfni bartaraf etdi.

15. Sariq kartochka. Pyanich makrazda raqib qarshi hujumini qo'pollik bilan buzgani uchun jazolandi.

12. Eslatib o'tamiz, Ronald Kuman Messi va De Yongga dam berish uchun ushbu futbolchilarni bahs qaydnomasiga kiritmadi.

6. Kataloniya klubining burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi va mezbonlar tezda qarshi hujum uyushtirishdi va uni zarba bilan yakunlashdi. To'p Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaga emas, burchak bayroqchasi tomon ketdi. Yon hakam esa ofsaydni anglatuvchi bayroqchasini ko'tarib turgan ekan.

2. Bahs boshlanishi bilan Buyalski jarohat oldi, biroq u o'rnidan turdi va bahsni davom ettira olishini malum qildi. Trinkau unga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

1. Uchrashuv boshlandi.


"Dinamo" Kiev – "Barselona"

"NSK Olimpiyskiy"

"Dinamo" Kiev – Bushhan, Kendzera, Karavaev, Zabarnyy, Mikolenko, Verbich, SHepelev, de Pena, Garmash, SHaparenko, Buyalskiy.

"Barselona" – ter Stegen, Firpo, Dest, Langle, Mingesa, Alenya, Koutino, Pedri, Pyanich, Trinkau, Breytueyt.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика