“Dinamo” – “Istiqlol” uchrashuvidan oldin “Siroj biz sen bilan” akciyasi o'tkaziladi
03 noy 2018 12:31
Yangiliklar
“Dinamo” – “Istiqlol” uchrashuvidan oldin “Siroj biz sen bilan” akciyasi o'tkaziladi
Xabaringiz bor, PFL va “Sport” telekanali tashabbusi bilan ilk marta Pro-Liga uchrashuvi “Dinamo” – “Istiqlol” bahsi Samarqanddan to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.
Ushbu uchrashuvdan oldin Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi, “Dinamo” futbol klubi sobiq futbolchisi, hozirda og'ir hastalik bilan kurash olib borayotgan Sirojiddin Sayfievni qo'llab-quvvatlash uchun “Siroj biz sen bilan” akciyasi o'tkaziladi.
Stadionda saxovat qutisi tashkil etilib, muxlislardan tushgan mablag' davolanish kurslarini davom ettirayotgan Sirojiddin Sayfievga etkaziladi.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” – “Istiqlol” o'yini bugun soat 15:00da boshlanadi. Samarqanddagi uchrashuv “Sport” telekanali tomonidan to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar