"Dinamo" Hakim Fuzaylovdan oldin qaysi murabbiyga taklif bilan chiqqani malum
15 mar 2021 12:44
Yangiliklar
"Dinamo" Hakim Fuzaylovdan oldin qaysi murabbiyga taklif bilan chiqqani malum
Bizga malum bo'lishicha "Dinamo" jamoasi o'tgan mavsum oxirida bosh murabbiylik postiga bir qator nomzodlarni ko'rib chiqqan. Ular orasida serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich ham bo'lgan. Buni murabbiyning o'zi saytimiz muxbiriga malum qildi.
"Ha, Samarqandning "Dinamo" jamoasidan taklif bo'lgandi. Klub Pro ligada ishtirok etadi. Lekin meni faqat Superliga jamoalari qiziqtiradi. SHuningdek "Navbahor" bilan ham muzokaralar olib bordik. Ammo ular mahalliy mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishdi",- deydi Lazarevich.
Malumot o'rnida takidlash joizki, serbiyalik murabbiy bugungi kunda Saudiya Arabistoning "Al Taavun" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ish boshlagan. Murabbiyning so'nggi ish joyi Liviyaning "Al Nasr" va Tojikistonning "Xo'jand" jamoalari bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar