"Dinamo" ertaga "Navbahor", indinga "Andijon" bilan o'ynaydi
19 iyu 2019 11:45
Yangiliklar
"Dinamo" ertaga "Navbahor", indinga "Andijon" bilan o'ynaydi
Bugun, 19 iyul kuni “Dinamo” jamoasi CHimyon tog'li hududidagi mashg'ulotlarni yakunlab, Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi.
“Dinamo” jamoasining poytaxtdagi dastlabki nazorat uchrashuvi 20 iyul, shanba kuni Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.
21 iyul kuni esa Davron Fayziev murabbiyligidagi “Dinamo” jamoasi Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi.
Nazorat uchrashuvlari.
20 iyul (shanba). Toshkent
"To'qmachi" stadioni, 18:15.
“Dinamo” – “Navbahor”
21 iyul (yakshanba). Toshkent
“Dinamo” – “Andijon”.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Superliga 14-turi doirasida 27 iyul kuni “Bunyodkor” jamoasi mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar