"Dinamo" - "Buxoro" uchrashuvi oldidan
08 avg 2015 15:15
Yangiliklar
"Dinamo" - "Buxoro" uchrashuvi oldidan
Bugun "Dinamo" va "Buxoro" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Dinamo stadioni tomon muxlislar kelishi boshlangan. O'yingoh kassalarida chiptalar sotuvi naqd va plastik kartalari orqali amalga oshirilmoqda.
Ikkinchi davra oldidan Dinamo tarkibida bir qator o'zgarishlar sodir bo'lgani sababli, bugungi o'yinga muxlislarning qiziqishi yanada oshgan. Umuman olganda, ko'hna va qadimiy Samarqand va Buxoro jamoalari o'rtasidagi o'yinlar har doim juda qiziqarli o'tganligini aytib o'tish mumkin. Qolaversa, sobiq dinamochilarning Buxoro safida to'p surayotganligi o'yinning yanada murosasiz kurashlarga boy o'tishini anglatib turibdi. SHunday ekan, Dinamo stadioniga keling va qiziqarli o'yinda sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang! - deb yozadi Dinamo klubi rasmiy tvitteri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar