"Dinamo" 23 dekabrdan yangi mavsum yig'inini boshlaydi
20 dek 2017 16:25
Yangiliklar
"Dinamo" 23 dekabrdan yangi mavsum yig'inini boshlaydi
Oliy Liga-2017 yakunidan keyin bir oylik qishki tatilga chiqqan "Dinamo" klubi yangi mavsum taraddudini boshlash arafasida.
"Dinamo" jamoasi 23 dekabr kunidan Samarqanddagi qarorgohida yig'iladi. Yangi mavsum tayyorgarligi doirasidagi dastlabki yig'inda jamoaning barcha futbolchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Faqatgina 2017 yilgi mavsumni ijara asosida "Dinamo"da o'tkazgan futbolchilar yig'inda qatnashmaydi.
23 dekabrdan boshlanadigan ushbu yig'in bir hafta davom etib, unda murabbiylar asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratishadi. Dastlabki yig'in 29 dekabrga qadar davom etishi belgilangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar