Dilyorbek Ermatov: “Qizilqum” doimgidek Navoiyda kuchli o'ynadi”
26 iyu 2016 08:58
Yangiliklar
Dilyorbek Ermatov: “Qizilqum” doimgidek Navoiyda kuchli o'ynadi”
Oliy liga 14-tur doirasidagi “Qizilqum” – “Neftchi” bahsidan so'ng farg'onaliklar vakili DilyorbekErmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Qiyin o'yin bo'lib o'tdi. “Qizilqum” jamoasi Oliy ligadagi eng kuchli uy jamoasi hisoblanadi. Biroq bugungi o'yinda nursiz durang qayd etildi. “Qizilqum” doimgidek o'z maydonida jamoaviy o'yin ko'rsatdi. Bizning tarkibda esa alohida kimnidir ajratib ko'rsatish qiyin. Bahsda barcha yigitlar o'z ishlarini yaxshi bajarishdi. “Metallurg” jamoasi ? Keyingi turdagi raqibimiz birinchi davrani yaxshi davom ettirmoqda. Biroq biz Farg'onadagi bahsda faqat g'alaba uchun o'ynaymiz, - dedi Ermatov.
“Neftchi” matbuot xizmati.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar