Dilyaver Vaniev: "Uyda o'ynaganimizni esdan chiqarsak ham bo'ladi..."
16 sen 2020 20:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592617_original.jpg)
![](/upload/storage/592617_220.jpg)
Dilyaver Vaniev: "Uyda o'ynaganimizni esdan chiqarsak ham bo'ladi..."
O'zbekiston Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Mashal" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida muborakliklar ustozi Dilyaver Vaniev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"O'yinni barcha ko'rdi, bahona qilmoqchi emasman, ammo vaziyat shuni taqozo etdi. O'yinni qaytadan qurib chiqish qiyin kechdi. Bunga raqibning saviyasi ham imkon bermadi. Ruhiy tomondan ham bu ancha og'ir vaziyat.
Katta kuch yo'qotishimizga to'g'ri keldi. Harakat qilishda davom etamiz. Uyda o'ynaganimizni esdan chiqarsak ham bo'ladi: ko'p sonli muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari etishmadi.
"Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu - futbol, qizil kartochka borasida hech qanday etirozim yo'q", - dedi Vaniev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar