So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Dilyaver Vaniev: "Paxtakor" mahorat bobida kuchli. Ammo, bahona qilmoqchi emasman" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Paxtakor" mahorat bobida kuchli. Ammo, bahona qilmoqchi emasman"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Paxtakor"(1:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun boshqacha variantda o'ynamoqchi edik, chiziqlar orasidagi kompaktlikni ushlay olmadik. "Paxtakor"ga qarshi bunday o'ynab bo'lmaydi. Ochko ishlashga umid qilgan edik. Yigitlarga etirozim yo'q. "Paxtakor" mahorat bobida kuchli edi. Ammo, bahona qilmoqchi emasman. Uchinchi va to'rtinchi gollarni o'zimizga o'zimiz olib keldik. Individual xatolar pand berdi. Birinchi golni yana ko'rib chiqish kerak, menimcha futbolchi o'yindan tashqari holatda gol urdi",- deydi Vaniev.

- "Mashal" bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsada jamoa o'yinida ijobiy tomonga o'zgarish bor. Bu o'zgarishni qanday izohlay olasiz?

- Yigitlardan hammasini oddiylikdan va boshqatdan boshlashimizni so'radim. Oldimizga g'alaba qozonish vazifasi qo'yildimi himoyada tartibli harakat qilish kerak. SHuningdek sxemada o'zgarish qildik. O'ng qanotda yosh futbolchini tushirdik. To'g'ri taktik jihatdan ayrim xatolarga yo'l qo'ydi. Lekin, o'yini yomon emas. Keyingi uchrashuvlarda tushirishni o'ylab ko'ramiz. O'yinimiz yaxshi, biroq nimadir etishmayapti. 

- Jamoaning olti oydan beri maosh olmayotgani haqida gaplar yuribdi. Siz bunga qanday fikr bildirasiz?

- Avval ham aytgandim. Moliyaviy tomondan muammolarimiz bor. Bu borada aniq javob bera olmayman, rahbariyatga murojaat qilganingiz maqul. Futbolchilarni tiklash qiyin. Ular bilan munosabatim yaxshi. Futbolchilarga shunday sharoitda maydonga tushib harakat qilishayotgani uchun rahmat aytaman. 

- Bugun maydonda harakat qilgan yosh futbolchi Abdumalik Norqobilovning o'yini haqida nima deya olasiz?

- Yuqorida ham aytib o'tdim. Uni maydonga tushirdim, aynan Masharipovga qarshi qo'ydim. Yomon taassurot qoldirmadi. Mashg'ulotlarda ham yaxshi harakat qilmoqda. "Lokomotiv" bilan uchrashuvda ham imkoniyat berishimiz mumkin. Ifeani va Sirojiddin Qo'ziev diskvalifikaciya sabab qaydnomadan o'rin olmadi. Nikita Pavlenkoda jarohat bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика