So’nggi yangiliklar

16:21Суперлига. "Шўртан" - "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 16:04"Нефтчи" — "Андижон". Таркиблар маълум  5 15:36"Жайхун" — "Арал" ва "Локомотив" — "Олимпик" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 15:12"Карван" — "Сабаҳ". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  6 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  3 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  4 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  8 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0

Dilyaver Vaniev: "Navbahor" tarkib bo'yicha bizdan kuchliroq? Kim shunday deb hisoblaydi?" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Navbahor" tarkib bo'yicha bizdan kuchliroq? Kim shunday deb hisoblaydi?"

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Bizda ham, ularda ham vaziyatlar bo'ldi. O'ylashimcha bugun biz haqli ravishda g'alaba qozondik. "Navbahor" tomonidan bosim bo'ldi, hujumlar bo'ldi ammo yaqqol vaziyat ko'zga tashlanmadi. Birinchi taymda ikkita gol urishimiz kerak edi. Bugungi bahsni unutamiz va 4 kundan so'ng navbatdagi o'yinimiz bor.

"Navbahor" tarkib bo'yicha bizdan kuchliroq? Kim shunday deb hisoblaydi? Mutaxassislar? Ular nima deb o'ylashsa o'ylayverishsin, men uchun "Mashal" futbolchilari eng kuchli. "Navbahor"ni erga urmayman, bu jamoa safida malakali futbolchilar ko'p, terma jamoa azolari ham bor. Ammo o'z futbolchilarimni kuchliroq deb bilaman.

"Navbahor"ning "Surxon"ga qarshi o'yinni ko'rib, o'rganib chiqdik. Bugun tarkibda bazi o'zgarishlar bo'ldi. O'ng qanotda Hoshimov o'ynamadi, o'tgan o'yinda ikki hujumchi o'ynashgandi. Taktik va amaliy ko'rsatmalarimni yigitlar to'liq bajarishdi.

Hisobda oldinga chiqib olganimizda yigitlardan to'liq himoyaga o'tib olmasliklarini so'radim. Balki bunga "Navbahor" bizni majbur qilgandir. Tarkibimizga ikki ijaradagi futbolchi qaytdi. Ular jamoaga yordam berishmoqda", - deydi Dilyaver Vaniev.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика