So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  1 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Dilyaver Vaniev: "Mashal"ni Superligadan chetlatishganda jurnalistlar faol bo'lishmagandi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Mashal"ni Superligadan chetlatishganda jurnalistlar faol bo'lishmagandi"

Superliga 24-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvida so'ng mezbonlar murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik. Mavsum avvalida bunday qiyinchiliklar bo'lishini kutgandik. Lekin, bu darajada muammolar yuzaga kelishini tasavvur qilmagan edim. G'alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Klub rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman, har qanday sharoitda ham bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Jamoamizning salohiyati bor, o'yinimiz ham yomon emasdi. Pasayish nima bog'liqligini esa tushuntira olmayman. Sabablar ko'p futbolchilarimizda tajriba etarli emas. Muhimi ortda qoldi, g'alaba qozonishni uddasidan chiqdik. Barcha muboraklik, qashqadaryolik muxlislarni tabriklayman. Bosim katta bo'ldi deya olaman",- deydi Vaniev.

- Ifeaniy keyingi turda maydonga tushadimi?
- Uning holatiga qaraymiz. Jarohati katta emas deb o'ylayman. Akademiyamizdan chiqayotgan yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. Bizni Superligadan chetlashtirishgach akademiyamizni nima sababdan yopishdi buni hamon tushunmayman. Bizni Superligadan chetlashtishganda Ciz jurnalistlar ham faol bo'lmaganingizni ham anlay olmayman. Barchasini tiklash birdaniga yuz bermaydi. Albatta bu achinarli holat.

- Sirojiddin Rahmatullaev Bangladesh chempionatida qay darajada o'zini ko'rsata oladi?
- Rahmatullaev jiddiy maqsadlarni oldiga qo'ygan jamoaga yo'l oldi. Uning jamoasi OFK kubogida ishtirok etishi mumkin. Vaziyat shuni taqozo etdi, bu borada ko'p gapirishni istamayman. Qaytsa "Mashal"ga qaytadi. "Navbahor" ham yaxshi jamoa, ajoyib maydonga ega. Birinchi davrada ishonchli tarzda g'alaba qozongan edik. No'mon Hasanov boshqaruvida ko'proq agressiv va tez o'ynamoqda.

- Raqib jamoa bosh murabbiy maydon holati yaxshi emasligi haqida fikr bildirdi. Sizningcha maydon chindan ham yomon edimi yoki murabbiy bahona qildimi?
- Ha, ayrim vaziyatlarda bu halaqit qildi. Lekin mening fikrimcha maydon holati unchalik yomon emas. No'mon Hasanov shunday fikr bildirgan bo'lsa bu uning fikri. Legionerlarimiz gol urishni boshladi. Albatta navbatdagi bahslarda ham gol urishga harakat qilib ko'rishadi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика