Dilyaver Vaniev: "Hakamlik haqida savol bermaganingiz maqul"
15 iyu 2020 21:01
Yangiliklar


Dilyaver Vaniev: "Hakamlik haqida savol bermaganingiz maqul"
Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin haqida
“Natijadan umuman qoniqmadim, sababi 2 ta to'p farqi bilan hisobda oldinda borayotgandik. Menimcha, o'yin bo'yicha ustunlik qildik, o'yin oxirida esa raqiblar kuchli bosim qilishdi. Standartlardan unumli foydalana olmadik, mashg'ulotlarda bu bo'yicha ancha ko'p ish olib borgandik.
Hakamlarga etirozingiz bormi?
Bu kabi savollarni menga bermaganingiz maqul. Buni hakamlar qo'mitasining o'zi hal etadi, batafsil ko'rib chiqib, bir xulosaga kelishadi.
Jamoadagi legionerlar haqida
Yaxshi o'ynashdi. Kutilmagan o'zgarish ozroq xalaqit qildi. Umuman olganda, ularning o'yinlaridan qoniqdim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar