So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  1 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  10 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  19 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

Dilshod Jabborov: Xorijda o'ynashni hamma singari men ham xohlayman Yangiliklar

Dilshod Jabborov: Xorijda o'ynashni hamma singari men ham xohlayman

Avvalgi turda mag'lubiyatga uchrab, muxlislarini ranjitgan Navbahor jamoasi futbolchilari 14-turda g'alaba qozonishni uddasidan chiqdi.
Namanganliklar bu gal SHo'rtanni qabul qilishdi hamda 4:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Aytish kerakki, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari o'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z muxlislari qarshisida muvafafiyat qozonishini talab etilardi. Yakunda esa Navbahor jamoasi futbolchilari navbatdagi uch ochkoli bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng namanganliklar sardori Dilshod Jabbarov bilan suhbatlashdik. Tajribali yarim himoyachi SHo'rtan bilan bahsda ham klubining g'alabasiga munosib hissa qo'sha oldi. Bir so'z bilan aytganda, jamoa etakchisi ekanligini bu safar ham ko'rsata oldi.

- Dilshod aka, SHo'rtan bilan o'yindagi g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuvdan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Avvalo tabrik uchun rahmat aytaman. Uchrashuv borasida to'htaladigan bo'lsam, juda qiyin o'yin kechdi. Oldindan malum ediki, SHo'rtan yaxshi jamoa va to'pni o'zida ko'proq nazorat qila olardi. SHuni bilgan holda o'yinga puhta tayyorgarlik ko'rdik. Boz ustiga Lokomotiv bilan bo'lgan O'zbekiston Kubogidan so'ng bor etiborimizni SHo'rtanga qaratib to'g'ri qildik. O'yinni boshida biroz qiyinchiliklar bo'ldi. Sababi shuki, ular yaxshi o'yin ko'rsata boshladi. Ammo, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimizning ustunlik qilgani g'alabamizning garovi bo'la oldi. Qolaversa, muxlislarimiz qarshisida o'ynash bizning raqibga nisbatan yana bir bosh ustun turishimizni taminladi. SHu sababli g'alabani qo'lga kiritishni uddasidan chiqdik.

- SHo'rtan to'pni ko'proq nazorat qildi dedingiz. Umuman olganda, bu jamoa haqida nimalarni ayta olasiz?
- CHindan ham g'uzorliklar yaxshi o'ynadi. Tarkibi jihatidan tajribali va shu bilan bir qatorda texnikasi yuqori bo'lgan futbolchilar borligini ko'rishimiz mumkin. Ular ko'proq hujum qilishga urinishdi. Biz esa qarshi hujumlarga tayangan holda g'alabani ilib ketdik. Umuman, bu klubning ko'rsatgan o'yini menga manzur bo'ldi. Namanganga bejizga kelmaganliklarini ular maydonda ko'rsata olishdi. Faqatgina, omadimiz kelganligi va qarshi hujumlarni samarali tugata olganimiz tufayli, muvaffaqiyatga erishdik.

- Uchrashuvda qayd etilgan natija hisobga yarasha bo'ldimi ?
- Menimcha, hisobga yarasha bo'ldi. To'g'ri, ikki tomonda ham bir qator golga tortadigan vaziyatlar yaratildi. Agar ushbu imkoniyatlardan foyjalanganligimizda hisob bundanda yirik ko'rinish olgan bo'lardi. Ammo, shu natija ham bizni qoniqtirdi. Negaki, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz.

- Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin g'alaba qozonmasanizlar bo'lmas edi, to'g'rimi?
- Albatta, muxlislarimizni quvontirish uchun ham g'alaba qozonishimiz talab etilardi. Qizilqum va Lokomotivga qarshi o'yinlardan keyin ancha muxlislarimiz qarshisida xijolat chekib qolayotgandik. Mana shuni inobatga olib, o'z maydonimizda bo'ladigan qarama-qarshilikda muvaffaqiyat qozonishimiz zarurligini bilgan tarzda, maydonga chiqqandik. Bu yil oliy liga o'yinlarimizda qiyin bahslar ko'p bo'lmoqda. G'alaba qozonish oson kechmayapti. Har bir ochko oltinga teng bo'lmoqda desam ham yanglishmagan bo'laman. SHo'rtan ustidan qozonilgan g'alaba esa bizning kayfiyatimizni ko'tarib yubordi.

- Biroq birinchi davra hali tugagani yo'q.
- To'g'ri, oldinda yana bir uchrashuv bizin kutmoqda. Mana shu o'yinga ham puhta tayyorgarlik ko'rgan holda boramiz. Maqsadimiz, birinchi davrani chiroyli tarzda tugatish hisoblanadi. SHuning uchun ham so'nggi turdagi o'yinda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

-  Tobora poyoniga etib borayotgan birinchi davra o'yinlari Navbahor uchun qay tariqa tugamoqda?
- Birinchi davrada ko'rsatgan o'yinlarimiz va natijalarimizni qoniqarli deb bo'lmaydi. Biz keragidan ortiq tarzda ochkolarni boy berib qo'ydik. Mana shuning hisobiga pastki pog'onaga tushib ketdik. Aslida birinchi davrada yuqori birorta o'rinni egallashni maqsad qilgan edik. Ming afsuski, ayrim uchrashuvlarda o'zimiz kutganchalik natijalar namoyish qilmadik. Yo'qotilgan ochkolarimiz soni oshib ketdi. Endilikda ikkinchi davrada barchasini to'g'irlashga urinamiz. Hozirda egallab turgan o'rnimiz Navbahor jamoasi uchun mos emas. Klubimiz bundanda yuqori o'rinlarni egallashga loyiq jamoa hisoblanadi. SHuni barchamiz tushunib turibmiz va mavsumning ikkinchi qismida hammasini joyiga keltiramiz.

- Birinchi davrada eng yorqin o'yin sifatida qaysi bahsni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Yorqin o'yin? Menimcha, har bir o'yinning o'ziga yarasha tomonlari va ahamiyati bo'ldi. Birorta uchrashuvni oson deya olmayman. Boya aytib o'tganimdek, oliy ligamizda saviya oshdi. Klublarning sonida o'sish bo'lganidan so'ng qiziqarli bahslarning soni ham ortib ketdi. Buning natijasida, har bir tur o'ta qizg'in va kurashlarga boy tarzda kechmoqda. Birorta raqibni osonlikcha taslim qilib bo'lmayapti. SHunday ekan, o'tkazgan o'yinlarimizning hammasini qiziqarli va yorqin deya olaman.

- Klub etakchisi va jamoa sardori sifatida davralar oralig'i paytida tarkibni kuchaytirish kerak deb hisoblaysizmi?
- Albatta, tarkibimizda o'zgarishlar qilish lozim. Bir qator tajribali o'yinchilarni olib kelish kerak. Kerak bo'lsa, har bir chiziq uchun yangi kuchlar kelsa yomon bo'lmasdi. Faqat kimlar olib kelinishini bosh murabbiy va uning yodamchilari hal qiladi. Ikkinchi davraga qadar kuchli tarkib bilan jamlanib olsak, o'ylaymanki klubimizning ko'rsatadigan o'yinlari ham ancha kuchayadi. Boz ustiga muxlislarimizga ham manzur bo'ladigan o'yinlarni namoyish qilishni boshlaymiz.

- Umuman olganda, klub oldiga qo'yilgan vazifani ikkinchi davrada uddalay olasizlarmi?
- O'ylashimcha, uddalay olamiz. Barchasi o'z qo'zlimizda ekanligini bilamiz. Biroz o'yinimizni kuchaytirsak, hammasi joyiga tushib ketadi. Ayni vaqtda o'yin uslubimiz yomon emas. Biroq, bazi uchrashuvlarda omad etishmasligi sababli o'zimiz kutganchalik futbol ko'rsatishni uddalay olmayapmiz. Tarkibimizda ham yaxshi yigitlar to'planishgan va bir-birimizni tushunib turibmiz.

- Baxtiyor Ashurmatov bilan ilgari birga to'p surgansiz. Endilikda esa murabbiy sifatida sizlarga boshchilik qilmoqda. Ashurmatov bilan munosabatingiz qay darajada?
- Baxtiyor aka bilan avvaldan yaxshi munosabatda bo'lib kelganman. Ilgari birga futbol o'ynaganmiz va shu sababli bir-birimizni yaxshi bilamiz. Futbolchilik faoliyati mobaynida men bilan qanday munosabatda bo'lgan bo'lsa, hozirda ham mana shunday. Hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Men ham bosh murabbiyimizni hurmat qilaman va olib borayotgan ish faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqdaman.

- Lokomotivda o'ynagan paytlaringizda asosiy tarkibda to'p surgansiz. U klubdan ketishingizni nima sabab bo'lgandi?
- Men qaysi jamoada to'p surishimdan qatiy nazar, asosiy tarkibda o'ynab kelganman. Qolaversa, o'ynaydigan yoshdaligimni inobatga olib, Lokomotivdan ketgandim. O'tgan mavsumning birinchi qismida bazi o'yinlarda zahirada qolib ketdim. Keyinchalik esa klub rahbariyati bilan o'zaro kelishgan tarzda ketishga qaror qilgandim. Agar klubda qolib, doimiy ravishda o'ynab turganimda, jamoa bilan Osiyo CHempionlar ligasida to'p surgan bo'lardim. Bu musobaqada to'p surish istagida edim. Lekin nasib qilmagan ekan.

- Hozirgi Dilshod Jabbarov bilan Lokomotivda o'ynagan Dilshod Jabbarovning o'yinida qandaydir o'zgarishlar bormi?
- O'zgarish bormi yoki yo'qmi bunga o'zim munosabat bildira olmayman. Buni klubimiz muxlislarimidan so'rasangiz maqsadga muvofiq bo'lardi. Har holda ular buni yaxshi bilishadi. Qaysi jamoada o'ynashimdan qatiy nazar, doimo klub manfaatiga hissamni qo'shishga harakat qilib kelganman. SHu tufayli o'yinimda qandaydir o'zgarish bo'lgan yoki bo'lmaganligini muxlislar yaxshi bilishadi.

- Dilshod aka, ayni paytda sizga birorta klubdan taklif tushmayaptimi?
- Takliflar bor. Bir nechta jamoalar tomonidan takliflar bo'lmoqda. Biroq klubim bilan shartnomam borligi sababli, ular haqida o'ylab o'tirganimcha yo'q.

- Lokomotivdagi jamoadoshlaringiz Sadriddin Abdullaev va Farhod Tojiev bugungi kunda faoliyati Malayziya chempionatida davom ettirmoqda. Siz ham ular singari faoliyatingizni xorijda davom ettirarsiz?
- Agar shunday imkoniyat bo'lsa, yo'q demasdim. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Xorijda o'ynashni hamma singari men ham xohlayman. Mabodo shunday taklif tushib qolsa, buni qabul qilishga va kuchimni boshqa chempionatda sinab ko'rishga qarshi emasman.

Izzatbek Abduvahobov suhbatlashdi.
"Asr futboli" gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика