So’nggi yangiliklar

18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  0 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  16 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  19 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  14 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  20 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  8 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3

Dilshod Xushbakovning benefisi Yangiliklar

Dilshod Xushbakovning benefisi

Yoshlar ligasining 23-turida "Nasaf" hamda "Navbahor" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.


Uchrashuvni har ikkala jamoa hujumkor tarzda boshlashdi. Mehmonlarning 12-daqiqada boshlagan hujumlarini Husanjon G'aniev samarali tarzda yakunladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

SHundan so'ng mezbonlar oldinga intilishdi. Alisher Yusupov hamda Dilshod Xushbakovda gol urish uchun ajoyib imkoniyatlar bo'lgandi. Biroq namanganliklar posboni Nodir Ashurmatov birinchi bo'limda o'z postini juda ishonchli tarzda qo'riqladi va jamoalar tanaffusga 0:1 hisobi bilan yo'l olishdi.

Tablodagi hisob mezbonlarni qoniqtirmagani bois ikkinchi taymni yosh "ajdarlar" ancha hujumkor ruhda boshlashdi. Uchrashuvning 53-daqiqasida "Navbahor" jamoasi darvozasi tomon belgilangan 11-metrlik jarima zarbasini Dilshod Xushbakov samarali yakunladi va oradagi farqni yo'qqa chiqardi. Bu gol "Nasaf" hujumchisining o'yindagi dastlabki goli edi. Bundan so'ng Dilshod Xushbakov 75 va 77-daqiqalarda ham muvaffaqiyat qozondi. Dastlab Xushbakov jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib uzoqdan to'pni darvozaning pastki chap burchagiga yo'llagan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib hujumchimiz chap qanotdan boshlangan hujumni boshi bilan samarali yakunladi va uchrashuvda xet-trik qayd etdi.

O'yin tugashiga 9 daqiqa vaqt qolganida, aniqrog'i 81-daqiqada Islom Kenjaboev ham jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, darvozani aniq nishonga oldi va bellashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi, 4:1.

SHunday qilib, "Nasaf" yoshlari "Navbahor" jamoasini o'z maydonlarida yirik hisobda taslim etishdi va muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

 

Yoshlar ligasi, 23-tur. 

“Nasaf” – “Navbahor” 4:1 (0:1)

Qarshi shahri. “Mehnatchi” stadioni. 

Hakamlar: Dauletbay Jalimov (Nukus), Artyom Kalinin (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi), Ravshan Abduvohidov (Qarshi).

Nazoratchi: I.Mustafin (Toshkent). 

Nasaf”: 1.Alibek Turobov (12.Umidjon Ergashev, 83), 2.G'olib G'aybullaev (9.Samandar SHukrullaev, 83), 4.Sardor Sadullaev (14.Doniyorjon Narzullaev, 66), 7.Akbar Murodov, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 10.Islom Rashidxonov (14.Oybek Hamidov, 82), 11.Dilshod Xushbakov, 17.Dostonbek Berdiqulov (5.SHahriyor Imomxo'jaev, 82), 22.Islom Kenjaboev (55.Jahongir Qurbonboev, 81), 28.Alisher Yusupov (20.Navro'zjon Izzatillaev, 67), 33.Botirjon To'raev.

 

Navbahor”: 32.Nodir Ashurmatov, 2.Azizjon Umarov, 4.Omon-biyk Xalilov, 6.Akbarali Xoldorov, 8.Bilol SHarofetdinov, 9.Doniyor Inamov (19.Ahadjon Turg'unpo'latov, 83), 10.Azizbek Turg'unbaev, 11.Husanxon G'aniev (23.Farruh Umaraliev, 76), 17.Ibrohim Ismoilov (16.Javohir Olimjonov, 80), 20.Muhammadjon Rasulov, 22.Sanjar Toshpo'latov.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov. 

Gollar: Dilshod Xushbakov (53-pen, 75, 77) I.Kenjabaev (81) - Husanjon G'aniev (12).

Ogohlantirishlar: A.Murodov (44), B. To'raev (55) SH. Imomxo'jaev (83)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика