So’nggi yangiliklar

16:25ЦСКА - Ахмат  1 16:00"Бунёдкор" - "Насаф". Таркиблар билан танишинг  4 15:27"Ньюкасл" - "Манчестер Сити". Кимлар асосий таркибда?  2 15:20Хорватия бош мураббийи: "Бразилияга қарши баҳсда устимиздан муздай сув қуйилгандай бўлганди"  0 15:06Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади  2 14:50Николас Сармиенто: "Бўлажак рақиб — Қозоғистонни табриклайман"  0 14:39"Интер Майами" устози: "Месси МЛС плей-офф баҳсларида яхши формада бўлади деб умид қиламиз"  0 14:16"Навбаҳор" собиқ устозини МЮ базасига киритишмади  2 13:18Пеп Артетада "барча маълумот бор"лиги ҳақида: "Бу 115та айблов ишига тегишли бўлиши мумкин. У аниқроқ гапириши керак"  3 12:59Гути: "Реал" "Атлетико"дан қасос олиш учун майдонга тушади"  3 12:33"Барселона"га келаётган посбон жамоада иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо...  0 11:51Гвардиола: "Уруш хоҳлайсизми? Энди жанг қиламиз"  2 10:57Поль Погбанинг «Ювентус»даги келажаги маълум  1 10:20Таиланд терма жамоаси мураббийи: "Таиланд кетма-кет тўртинчи Жаҳон чемпионатида кучли 16таликдан жой олмоқда"  0 09:50Аргентина термасининг асосий дарвозабони жамоасининг октябрь ойидаги ўйинларида майдонга тушмайди  1

Dilshod SHarofetdinov: Quyi ligadan chiqqan jamoa maqsadi nima ham bo'lardi Yangiliklar

Dilshod SHarofetdinov: Quyi ligadan chiqqan jamoa maqsadi nima ham bo'lardi

Malayziya chempionatida kichik tanaffus yuzaga keldi. Jamoalar ayni payt o'quv-mashg'ulot yig'inlariga zo'r berishgan.
Ushbu mamlakat chempionatida to'p surayotgan futbolchilarimiz haqida malumotga egasiz. Ulardan biri Dilshod SHarofetdinovdir. Bugungi kunda T-Tim klubi sharafini himoya qilayotgan tajribali yarim himoyachi ushbu jamoa safiga joriy mavsum boshlanishi arafasida kelib qo'shilgan edi. Avvalroq u malum muddat Buxoro jamoasi ko'rigida ham bo'lgandi. Futbolchimiz uchun Malayziya chempionati begona emas. U 2013-2014 yilgi mavsumlarda Sime Darbi klubi sharafini himoya qilgandi. Yarim yildirki, hamyurtimiz T-Timda to'p suryapti. Bu jamoa Malayziya chempionatining 12-turidan so'ng turnir jadvalida 16 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikdan joy olgan klublar T-Timdan ancha ilgarilab ketishgan. Masalan, 3-pog'onadagi Selangor hisobida 22 ochko bor. Yana bir hamyurtimiz Lutfulla To'raev o'ynayotgan Felda Yunayted 28 ochko bilan 2-o'rinni band etgan. 30 ochko jamg'argan Johor esa peshqadamlik qilyapti. Bu klub hali mag'lubiyat alamini totib ko'rgani yo'q. Malumot uchun, Malayziya chempionatida 12ta jamoa ishtirok etadi. Biz navbatdagi kungi mashg'ulotlardan so'ng Dilshod SHarofetdinovdan intervyu oldik.



- Dilshod, Malayziya chempionatida qanday yangiliklar?

- Aytishga arzigulik hech narsa yo'q. Turnirning birinchi davrasi yakunlangan. Ayni payt jamoalar tatilga chiqishgan bo'lsada, o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazilyapti.

- Jamoangizning ishlari qanday ketyapti?

- Birinchi davra yakunlariga ko'ra, jamoamiz turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Natijamiz bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Lekin ayrim o'yinlarda keraksiz joyda ochko yo'qotdik. Ikkinchi davrada ana shu yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirishimiz kerak. Umuman olganda, 4-o'rin ham yomon natija emas. Kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar boshqalarga qaraganda bir bosh ustun. Bu turnir jadvalida ham o'z aksini topgan. Uchchala jamoa ham etarlicha ochko to'plab olishdi va o'z taqibchilaridan sezilarli tarzda o'zib ketishdi.

- Har bir uchrashuvda maydonga tushyapsizmi?

- SHukurki, barcha o'yinlarda boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, to'liq o'ynayapman. Bu borada hech qanday muammo yo'q. Murabbiylar shtabi menga ishonch bildiryapti. Kelgusida ham ana shu ishonchni oqlashim kerak.

- Demak, murabbiy bilan munosabatlaringiz yaxshi...

- Ko'z tegmasin, murabbiy bilan yaxshi munosabatdaman. U juda tajribali mutaxassis.

- Jamoangiz oldiga joriy mavsum uchun aniq vazifa qo'yilganmi?

- Men o'ynayotgan klub o'tgan mavsum yakuniga ko'ra elita yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Bu yil kuchlilar safidagi ilk mavsumini o'tkazyapti. Tabiiyki, birinchi galda jamoa oldiga kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolish vazifasi qo'yilgan edi. Birinchi davradan so'ng maqsad o'zgardi. Endi kuchli beshlikdan joy olishga harakat qilamiz. O'ylaymanki, niyatimiz ortig'i bilan bajariladi. Hozir T-Tim turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Lekin xotirjamlikka berilishga aslo haqqimiz yo'q. Boisi, bizdan keyingi o'rinni egallab turgan ikki jamoa hisobida ham 16tadan ochko bor. Sakkizinchi pog'onadagi Kelantan klubi 13 ochkoga ega, bu jamoa bitta g'alaba evaziga bizga etib olishi mumkin. SHuning uchun ikkinchi davra o'yinlariga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz shart. Biroz muvozanatni yo'qotgan jamoa turnir jadvalida quyiga sho'ng'iydi.

- Malayziya kubogida ham ishtirok etyapsizlarmi?


- Bu musobaqa tez orada start oladi. Rejaga ko'ra, 12 iyul kuni ilk bosqichda maydonga tushamiz. Kubok bahslarida ham imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz.

- Mavsumlar oralig'ida, aniqrog'i, yanvar oyida Buxoro jamoasida paydo bo'lgan edingiz. Nima uchun u erda qolmadingiz?

- To'g'ri, yangi mavsumga Buxoro safida tayyorgarlik ko'rdim, jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Lekin o'sha payt Malayziya chempionatidan taklif tushgach, ko'hna shaharni tark etishga majbur bo'ldim. Aslida, Buxoroga borgan payt Tachmurod Agamurodov bilan bu masalada gaplashib olgandim. Kelishuvga ko'ra, kuchliroq jamoadan taklif tushsa, ketishimga to'sqinlik qilishmasdi. Amalda ham shunday bo'ldi. Murabbiylar shtabi holatimni to'g'ri tushunib, qo'yib yubordi. Har tomonlama foydali taklif bo'lgani uchun Malayziya variantidan voz kecholmasdim.



- T-Tim varianti qanday paydo bo'ldi?

- Agentim menga qo'ng'iroq qilib, Malayziya klubidan taklif bo'layotganini aytdi. O'sha payt T-Timda to'p surayotgan legioner futbolchilardan biri jarohat olgan ekan. Klub rahbariyati uning o'rnini aynan xorijlik futbolchi bilan to'ldirishni maqsad qilibdi. SHu tariqa, transferim amalga oshdi. Erkin agent maqomida T-Tim safiga qo'shildim va shartnomaga imzo chekdim.

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzolagansiz?

- Bir yillik shartnoma imzolaganman, 31 dekabr kuni yakuniga etadi.

- SHartnomada kelishuvni uzaytirish bandi bormi?

- Agar hammasi joyida bo'lsa, shartnoma muddatini uzaytirishim mumkin. Lekin hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. CHempionatni yaxshi o'tkazsam, boshqa klublardan takliflar bo'lib qolishi mumkin.

- Bundan avval ham Malayziya chempionatida o'ynagansiz. O'tgan vaqt mobaynida ushbu mamlakat chempionatida nimalar o'zgaribdi?


- Ha, 2013G'2014 yillar mavsumida Sime Darbe klubi sharafini himoya qilganman. O'sha payt bilan taqqoslaganda o'zgarishlar bor. O'tgan uch yil ichida futbolga bo'lgan etibor ancha oshgan. Klublarning moliyaviy holati ham ijobiylik kasb etgan. Jamoalar o'z tarkiblariga tajribali legionerlarni taklif qilishyapti. 2013 yili ilk bor bu chempionatda o'ynaganimda, bugungidek xorijlik futbolchilar ko'p emasdi. Hozir esa har bir jamoa tarkibida 4 nafardan legioner o'ynayapti. Yani, klublar belgilangan limitdan to'liq foydalanishmoqda. CHempionat saviyasi ham ancha oshgan. Ayrim klublarda legionerlar zaxira o'rindig'ida o'z navbatini kutib o'tiribdi. Ilgarilari esa xorijliklarning barchasi maydonga tushirilardi. Demak, Malayziya chempionati jadal suratlarda rivojlanmoqda.

- Malayziyada yolg'iz qolmasligingiz aniq. CHunki u erda do'stlaringiz ham to'p surishyapti. Masalan, Vohid SHodiev Perakda, Lutfulla To'raev Felda Yunaytedda o'ynayapti. Ular bilan ko'rishib turibsizmi?


- Telefon orqali gaplashib turamiz. Kezi kelganda, kechki ovqat payti restoranda yig'ilamiz. Qolaversa, bir-birimizga qarshi kechadigan o'yinlarda ko'rishamiz. Begona yurtda o'z vatandoshingiz ko'zingizga olovdek ko'rinadi.

- Yuqorida takidlanganidek, bundan avval Malayziyaning Sime Darbi klubida o'ynagansiz. SHu haqda ham biroz malumot bersangiz.


- Sime Darbi tashkil etilganiga hali etti yil ham bo'lmadi. Bu jamoa havaskorlar ligasidan superligagacha bo'lgan mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi. 2012 yili Malayziya kubogida finalgacha etib borgan. Undan keyingi yili chorak finalga chiqqan. O'shanda debyutant bo'lishimizga qaramay, klubimiz oldiga jiddiy maqsadlar qo'yilgandi. Mahalliy mutaxassis Ismoil Zakariya jamoa bosh murabbiyi edi. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi bo'lgan. Yangi muhitga moslashib ketish oson kechmagan, avvaliga biroz qiynalganman. Til masalasida muammolar tug'ilgan. Lekin noliydigan darajada mushkulotga duch kelmagandim.

- Hozir klub bazasida yashayapsizmi yoki alohida uy berishganmi?


- Stadiondan unchalik uzoq bo'lmagan joydan xonadon ajratishgan.

- Qaysi futbolchilar bilan yaqindan do'stlashib olgansiz?


- Jamoadoshlarimning hammasi bilan munosabatlarimiz alo darajada. Ayniqsa, legionerlar yaqin do'stlarimga aylanishgan, o'zaro bir-birimizni tushunishimiz oson kechadi. Qolaversa, o'tgan vaqt mobaynida ozmi-ko'pmi, ingliz tilini o'rganib oldim.



- Mahalliy taomlarga o'rganib qolgandirsiz?


- Deyarli. Dastlab bu borada biroz qiynaldim. SHukrki, hozir oilam yonimda. SHu bois, o'zimizning milliy taomlarni istemol qilish imkoniyatiga egaman.

- Malayziyada futbolga etibor kuchayayotganini takidladingiz. Suratlarda ko'ramiz, muxlislarning stadionga tashrifi ham ijobiy tus olibdi...


- Xuddi shunday. Futbolga etibor yildan-yilga oshmoqda. Malayziyada futbol birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Stadionlar muxlislar bilan gavjum bo'ladi. CHempionatda o'z maydonimizda o'tkazgan 5-6ta uchrashuvimizda deyarli bo'sh o'rindiq qolmadi. Boshqa arenalarda ham xuddi shunday manzara.

- Yangi klubingizda o'zingiz ko'nikkan poziciyada harakat qilyapsizmi?


- O'zimizning klublar, xususan, Paxtakor va Dinamoda hujumchi ortida o'ynardim. Bu erda tayanch yarim himoyasida to'p suryapman, bazan forvardlarga yordam beryapman. Asosiysi, bu holat men uchun yangilik emas.

- Sizningcha, Malayziyaning eng kuchli klubi O'zbekiston oliy ligasida nechanchi o'rinni egallashi mumkin? Aksincha, mamlakatimizning qaysi jamoalari Malayziya chempioni bo'lishga qodirlar?


- Malayziyaning eng kuchli klubi O'zbekiston chempionatida uchinchi yoki to'rtinchi o'ringa davogarlik qila oladi. Jamoalarimizdan esa kamida to'rttasi Malayziya chempioni bo'lishga qodir.

- Oliy ligamizni ham kuzatib boryapsizmi?


- Albatta. O'zbekistondagi do'stlarimiz bilan kunora gaplashib turamiz. CHempionat o'yinlarini kuzatib boryapman. Oliy ligamiz saviyasi ham oshib boryapti. Lekin bu yilgi chempionlik uchun kurash asosan Lokomotiv va Bunyodkor klublari o'rtasida kechsa kerak. Nasaf va ayniqsa, amaldagi chempion Paxtakor ancha ochko yo'qotib bo'lishdi. Ular o'rnini to'ldirish oson kechmaydi. Ammo hali kurash oldinda. Ikkinchi davrada ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. Ayrim etakchi jamoalarda charchoq alomatlari sezilsa, ajabmas. Eng muhim pallada Lokomotiv OCHLda ham ishtirok etadi. Qolaversa, O'zbekiston kubogi bahslari bor. Uchta turnirda qatnashayotgan jamoaga oson bo'lmaydi, albatta.

- Franciyada o'tkazilayotgan Evropa chempionatini ko'ryapsizmi?


- Albatta. Har bir uchrashuvni kuzatishga harakat qilyapman. Guruh bosqich o'yinlari yakuniga etdi. Ishtirokchi jamoalar sonining 24taga etkazilgani yaxshi bo'libdi. SHu tariqa, o'yinlar ko'paydi. Bu esa muxlislarga juda ham maqul kelyapti. Kutilmagan natijalar qayd etilyapti. Boz ustiga, jamoalar saviyasi ham tenglashib qolgan. Bu jihat natijalarda o'z aksini topmoqda. Yirik hisoblar deyarli kuzatilmadi. Aksariyat o'yinlar bitta to'p farqi bilan yakunlanyapti.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?


- Italiya termasiga. Skuadra adzurra birinchilardan bo'lib nimchorak final malasini ijobiy hal qildi. Endi qiyin o'yinlar boshlanadi. Pley-offda hech bir jamoaga oson bo'lmaydi.


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

 
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика