So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  3 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  3 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Dilshod SHarofetdinov: “Malayziyada futbol tez rivojlanyapti” Yangiliklar

Dilshod SHarofetdinov: “Malayziyada futbol tez rivojlanyapti”

“Paxtakor” klubidan Malayziyaning “Sime Darbi” jamoasiga ko'chib o'tgan yarim himoyachi Dilshod SHarofutdinov tuzilgan shartnomaga binoan faoliyatini o'zi uchun yangi klubda davom ettirmoqda.
Bungacha “Dinamo”, “Navbahor” va “Paxtakor” sharafini himoya qilgan SHarofutdinov uchun 2014 yildan tub burilish yuz berdi. Asosan O'zbekiston chempionatida to'p surgan futbolchi ilk bor legioner o'yinchi sifatida boshqa mamlakatda o'ynamoqda. SHarofutdinovning jamoasi hozircha 10ta o'yin o'tkazgan bo'lib, shulardan 4tasida g'alaba, 1tasida durang va 5tasida mag'lubiyat qayd etgan holda 13 ochko jamg'arib 9-o'rinni egallab turibdi. Takidlash lozimki, Malayziya superligasida 12ta jamoa ishtirok etadi. Ushbu klub oxirgi o'yinini o'z maydonida ATM Selayang jamoasiga qarshi o'tkazib 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Hamyurtimiz Dilshod SHarofutdinov klubining asosiy o'yinchilaridan biri sanaladi. SHuning uchun har bir bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Ammo so'nggi bellashuvda u jamoadoshlaridan ertaroq maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Garchi uning klubi uch ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsada, keyingi o'yin uchun muhim futbolchisini yo'qotdi. CHunki SHarofutdinov hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. 



- Malayziya futboliga ko'ninib ketdingizmi?  
- Ha, Xudoga shukurki ko'nikib ketdim. Tan olaman, u erga borgan dastlabki paytlarimda menga biroz qiyin bo'lgandi. CHunki yangi mamlakat, yangi jamoa va yangi futbolchilarga moslashish albatta malum vaqtni talab qiladi. Lekin keyinchalik yaxshi ko'nikib ketdim. Bu borada menga jamoadoshlarim katta yordam berishdi.

- U erga ketayotganingizda mahalliy futbolning saviyasi biroz past ekanligi xususida gapirgansiz. Ichki chempionatda ishtirok etayotgan futbolchi sifatida ayni paytdagi fikrlaringiz qanday?
- Ochig'ini aytsam, boshida menda ana shunday savol tug'ilgandi. Malayziyaga borib chempionatda qatnashganimdan keyingina o'zim uchun xulosa oldim va bemalol ayta olamanki, Malayziya futbolining saviyasi past emas. Ishonasizmi, bu erda futbol juda tez rivojlanmoqda. CHempionatdagi kurash esa ancha qiziqarli tus olgan. Barcha klublarning saviyalari deyarli bir xil. Biror bir klubni alohida favorit deb aytib bo'lmaydi.

- Umuman olganda, Malayziyaning hayot tarziga ham to'liq moslashib oldingizmi?
- Malayziyadagi hayot tarzim xususida nolimayman. Muhimi, oilam men bilan birga. Buning ustiga klub biz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. SHu bois hammasi o'z joyida deb aytishim mumkin.



- Til masalasida qiynalmayapsizmi? Ular bilan qanday gaplashyapsiz?
-  Klub menga alohida tarjimon bergandi. Lekin o'zim mahalliy tilni o'rganmoqchi va to'g'ridan-to'g'ri gaplashishni istagandim. Bilaman, Malayziya tilini o'rganishni boshlaganimda qiyin bo'ldi-yu, ammo hozirga kelib ancha-muncha o'zim uchun kerakli so'zlarni o'zlashtirib olganman va ular bilan bemalol gaplashish imkoniyatiga egaman.

- Aytingchi, Malayziyada futbolchi sifatida yanada rivojlanish mumkinmi?
- Mening nazarimda har bir chempionatda futbolchi o'sishi mumkin. Agarda u o'z ustida tinmay ishlasa albatta saviyasi ham ortadi. Ammo dangasa bo'lib etarlicha mehnat qilmasa u qanday qilib o'sishi mumkin? Xatto Angliyada o'ynasangiz-u, lekin o'z ustingizda ishlamasangiz kutilganidek rivojlana olmaysiz. Malayziyada sportga katta etibor qaratilmoqda, ayniqsa futbolga. Bu erda ham iqtidorli yoshlar ko'p ekan.  

- “Sime Darbi” 9-o'rinni band etib turibdi. Jamoaning g'alabalaridan ko'ra mag'lubiyatlari ko'proq. Bu haqida nima deya olasiz?
- “Sime Darbi” o'tgan yili quyi ligada ishtirok etgan. Superligada esa birinchi marta qatnashyapti. Tarkibimizda yosh futbolchilarga ham etibor ko'proq qaratilmoqda. SHuning uchun aksariyat uchrashuvlarda jamoamizga ozgina tajriba etishmay qolyapti. Xudo xohlasa, vaqti kelib turnir jadvalida yuqori o'rinlarga ko'tarila olamiz. Birinchi o'rindagi jamoadan olti ochkoga ortda qolyapmiz. Oldinda esa bizni ikkinchi davra kutib turibdi.

- “Selangor”ni Malayziyaning eng kuchli klubimi?
- To'g'ri, “Selangor” Malayziyaning nomdor jamoalaridan biri. Lekin eng kuchlisi deb aytmagan bo'lardim.

- Darvoqe, jamoangizning oxirgi o'yinida qizil kartochka tufayli maydonni erta tark etishga majbur bo'ldingiz. Aslida o'sha vaziyatda nima bo'lgan?

- Sizga rostini aytaman, o'sha vaziyat qizil kartochkaga mutlaqo tortmasdi. Lekin bosh hakam nima uchundir menga qizil kartochkani ko'rsatib yubordi. Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy ham menga “hakam xatoga yo'l qo'ydi” deb aytdi.

- Malayziyada to'p surayotgan yagona o'zbekistonlik futbolchi emassiz...
- Ha, u erda Yaroslav Krushelnickiy ham to'p suryapti va u bilan tez-tez ko'rishib turibman. Boshqa mamlakatda yurtdoshing bo'lishi bu yoqimli.

- Klub siz uchun alohida uy berganmi?
- Albatta klub uy bergan, u erda barcha sharoitlar bor. Biz uchun hech qanday muammolar yo'q.



- Malayziyadagi faoliyatingiz binoyidek ekanligi ko'rinib turibdi. Ammo sizni yana “Paxtakor”ga qaytishingiz mumkinligi xususida malumotlar paydo bo'ldi...
- Yo'g'e? Bu haqida birinchi marta sizdan eshitib turibman. Aniq ishonch bilan aytamanki, bu noto'g'ri.

- Aytingchi, “Sime Darbi”ning oldiga qanday vazifa qo'yilgan?  
- Jamoamiz ilk bor superligada ishtirok etayotganiga qaramasdan muxlislarni har bir o'yinda g'alabalar bilan xursand qilishni maqsad qilgan. Umuman aytadigan bo'lsam, kuchli beshlikdan joy olish uchun jddiy kurashyapmiz. Bu boradagi imkoniyatlarimiz yaxshi va oxirigacha kurashamiz.

- O'zbekiston bilan Malayziya chempionatlarini solishtirib ko'rdingizmi?
- Saviya borasida gapiradigan bo'lsam, menimcha ikkala chempionatniki bir xilga o'xshayapti. SHu o'rinda gazetangiz orqali barcha yurtdoshlarimizga salomimni etkazing!

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика