So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  0 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  101 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Dilshod Rahmatov: "Bizni kutib olishda karnay-surnaylar bo'lmagani ko'pchilikka yoqmagan bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Bizni kutib olishda karnay-surnaylar bo'lmagani ko'pchilikka yoqmagan bo'lishi mumkin"

Taniqli futzalchi, O'zbekiston terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov va farg'onalik muxlislar o'rtasida onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur muloqot jarayoni savol-javob ko'rinishida muxlislar etiboriga havola etilmoqda.

- Futzalga kirib kelishingiz qanday yuz bergan?

- Bolaligimda katta futbol bilan shug'ullanganman. O'sha paytda bizda futzal maktablari yo'q edi. SHuningdek, suniy maydonlar ham bo'lmagan. 17 yoshimda qo'shnimiz Samadjon Musaev orqali futzal jamoasi borligi haqida eshitdim va o'sha erga borishga qaror qilganman. "CHotqol-G'azalkent" degan jamoa bo'lardi. SHu jamoaga borib meni sinab ko'rishlarini so'raganman. Futzaldagi ilk faoliyatim shu erda boshlangan.

- Litva davlatida tashkil etilgan jahon chempionatida negadir guruh bosqich uchrashuvlarida muvaffaqiyatli harakat qilmagandek ko'rindinglar. Lekin Eron termasiga qarshi o'yin butun o'zbek futzal muxlislariga maqul keldi. Bularni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- Istaysizmi yo'qmi, jahon chempionatining ulkan bosimi bo'ladi. Tarkibimizda yoshlar ko'p edi, ularning ayrimlari xatto Osiyo chempionatida ham o'ynamagan. Bizda guruh bosqichining dastlabki o'yini muvaffaqiyatli chiqmaganining sababi shu. Ikkinchi va uchinchi o'yinlarda chempionatga moslashib oldik va aytish lozim bo'lsa bu uchrashuvlarda yaxshi o'ynadik deb o'ylayman.

- Sizningcha, jahon chempionatida eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?

- Jahon chempionatida oson o'yin bo'lmaydi. Barcha uchrashuvlar qiyin bo'ldi, hech bir uchrashuvni oson o'tkazmadik.

- Sizga katta futboldan taklif tushsa qabul qilgan bo'larmidingiz?

- Menimcha katta futbol uchun yoshim o'tdi deb o'ylayman.

- Futzaldagi faoliyatingiz mobaynida siz ko'rgan eng kuchli murabbiy kim deb o'ylaysiz?

- Xose Mariya Mendes, bu shaxsiy fikr.

- Siz aslida qaysi viloyatdansiz?

- Men Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidanman.

- Sizga xorij klublaridan ham taklif bo'lganmi?

- Ha, 2016-yilgi Osiyo chempionatida Xitoy klubidan taklif bo'lgan. Xitoyning "Dalian" klubi safida 3 yil o'ynadim va bir marta chempionlikni qo'lga kiritganmiz.

- Avvallari futzalda tizim mavjud edi. Masalan "Ardus" kabi kuchli jamoalar tashkil etilgandi. Endidikda Superliga va Pro-liga klublari qoshida majburiyat yuzasidan tashkil etilgan futzal jamoalari bor. Bunga munosabatingiz qanday?

- Haqiqatdan ham "Ardus" juda kuchli futzal jamoasi bo'lgan. Bu jamoa futzal terma jamoamizning o'zagi sanalardi. Afsus hozirgi kunda yopilib ketdi. U erda o'ynagan yigitlar "Paxtakor" va AGMK klublarining futzal jamoalariga qo'shilishdi. Endi majburiyat bilan tashkil etilgan futzal jamoasi balki to'g'ri emasdir. Lekin aynan o'sha majburan tashkil etilgan jamoalardan ham yaxshi futzalchilar etishib chiqayapti.

- Ayrim manbalar futzalchilarni jahon chempionatidan kutib olish marosimi ko'ngildagidek tashkil etilmaganligi haqida yozishdi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Bizni muxlislar yaxshi kutib olishdi deb o'ylayman. Balki  karnay-surnaylar bo'lmagani ularga yoqmagandir? Bu xolat unchalik ham ahamiyatga ega emas deb hisoblayman. Lekin muxlislarimiz bizni kutib olishga chiqishganining o'zi biz uchun katta yutuq bo'ldi.

- Konstantin Sviridov mahoratli futzalchi sanalardi. U kelajakda futzal murabbiyi bo'lishi mumkinmi?

- Ha, albatta. Sviridov hozirda havaskor jamoalarda ishlamoqda.

- Futzalni yanada ommaviylashtirish uchun nimalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaysiz?

- Birinchi navbatda futzal maktablari faoliyatini yo'lga qo'yish va ularning sonini ko'paytirish kerak. Bundan tashqari futzal musobaqalarini televidenie orqali muntazam yoritib borish lozim. Bundan tashqari, agar terma jamoa qanchalik yorqin o'yin namoyish etsa tabiiy xolda bu sport turiga muxlislik qiladigan ishqibozlar soni ortib boraveradi.

- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov haqida fikringiz qanday? U yumshoq tabiatli murabbiylar sarasiga kiradimi?

- Bahodir akani yumshoq tabiatli deb aytmagan bo'lardim. U kishi juda talabchan va qattiqqo'l murabbiy hisoblanadi.

- Yosh futzalchilarga tilaklaringiz qanday?

- Futzalga endigina kirib kelgan yosh ukalarimiz barcha o'ylagan ezgu niyatlariga etishsin. Barchamiz birgalikda ishlaylik, mehnat qilaylik, shunda natija o'z-o'zidan kelaveradi.

- "Neftchi" jamoasi muxlislariga tilaklaringiz?

- Birinchi navbatda hamisha sog'-salomat bo'lishsin. "Neftchi" doimo g'alabalarga erishib muxlislarini xursand qilib yuraversin, barchangizga omad yor bo'lsin.

Onlayn muloqot jarayonidan matnlarni Bekzod Tolibov yozib oldi


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика