So’nggi yangiliklar

09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  0 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  0 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  5 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  2 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  7 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   12 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  19 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  6 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  16 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  9 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9

Dilshod Rahmatov Ashxobod-2017 taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Yangiliklar

Dilshod Rahmatov Ashxobod-2017 taassurotlari bilan o'rtoqlashdi

Xabaringiz bor, shu yilning 17-27 sentyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlarda o'tkaziluvchi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz finalga qadar etib borib Eronga imkoniyatni boy berib qo'ydi, hamda kumush medallariga sazovor bo'ldi. Biz ushbu musobaqada qatnashgan futzalchimiz Dilshod Rahmatov bilan suhbatlashib Ashxobod-2017 taassurotlari bilan qiziqdik.

- Dastlab musobaqa tashkilotchiligi haqida gapirib bersangiz...
- Ashxobodda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Tashkilotchilik eng zo'ri bo'ldi, bunaqasini ko'rmaganman. Oldingi Osiyo o'yinlarida ham qatnashgandim. Ammo Ashxoboddagi musobaqa juda alo darajada o'tkazildi. Xuddi o'z uyimizda o'ynagandek bo'ldik. Mahalliy muxlislar bizni qo'llab turishdi.

- O'yinlar haqida qisqacha to'xtalib o'ting.
- Guruh bosqichida 4ta o'yin o'tkazdik. BAAga qarshi bahsda qiyinchilikka duch kelmadik. Maldiv orollari ham to'g'risini aytish kerak bizning darajamizda emas. ULarni ham yirik hisobda taslim qildik. Afg'oniston bilan o'yinda esa o'z xatolarimiz evaziga yutqazib qo'ydik. Raqiblar qarshi hujumlardan gol urib ketishdi. Xitoy bilan uchrashuvda murabbiylarimiz va Davron CHoriev diskvalifikaciya tufayli ishtirok eta olishmadi. SHunga qaramay 4:4 hisobida durang o'ynab guruhda ikkinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l oldik. Bu bosqichda bizni Vetnam kutib turardi. Ushbu jamoani ayni paytda kuchli murabbiy Migel Rodrigo boshqarmoqda. Ammo kamchiliklaridan foydalanib 2:0 hisobida zafar quchib yarim finalga chiqdik.

Yaponiyaga qarshi juda og'ir o'yin o'tkazdik. Uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida omadimiz kelib g'olib bo'ldik. Finalda esa azaliy raqibimiz Eron bilan to'qnash kelib yutqazib qo'ydik. 



- Ushbu musobaqa uchun qanday vazifa qo'yilgandi?

- Musobaqaga ketishdan oldin rahbariyat bilan uchrashuv bo'ldi. Bizga doim har qanday musobaqada maksimal vazifa qo'yiladi. Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lish maqsadimiz edi. Ammo menimcha kumush medallari ham yomon natija emas. CHunki Eron umuman boshqa darajada.

- Muxlislar va mutaxassislar guruh bosqichida Afg'onistonga yutqazib qo'yganimizda bu atayin qilingan ish deb aytishdi. Yani shu yo'l bilan Eronga to'qnash kelmaslik o'ylangan deyishdi. Bunga qanday javob berasiz?

- Afg'onistonga yutqazish hech qanday taktika yoki raqib tanlash emasdi. Raqib bizni juda yaxshi o'rganib chiqqanini bildik. Ular birinchi to'rtligimiz harakat qilganda himoyaviy o'ynashdi, yoshlarimiz o'yinga tushishganida esa pressing qilib hujumga o'tishdi. Afg'oniston terma jamoasi azolarining gavdalari juda ham katta edi. Bundan tashqari vaqt cho'zishdi, ayyor o'yin namoyish etishdi. Bir so'z bilan aytganda ularning o'yiniga tushib qoldik.  So'nggi daqiqalarda besh kishi bo'lib o'ynab ikkita gol urdik, ammo undan ortig'iga kuchimiz etmadi. Lekin yutqazganimiz bir tomondan bizga foyda bo'lgan ekan. Sababi guruhda birinchi bo'lganimizda yarim finaldayoq Eron bilan to'qnash kelardik.

Ko'pchilik Afg'oniston deganda urush bo'layotgan davlat deb o'ylaydi. Ammo bu mamlakatning futzalchilari ayni paytda Eron chempionatida o'ynayotganini hech kim bilmasa kerak. Ular ham musobaqaga jiddiy tayyorlanishgan. Hozir barcha futzal o'ynashni o'rganib bormoqda. Besh olti yil oldin Afg'oniston 10ta gol o'tkazib qaytib ketardi. Ammo zamon o'zgarmoqda.

- SHu kunga qadar O'zbekiston Eronga qarshi 28ta o'yin o'tkazib faqat bir marta (o'rtoqlik uchrashuvida) g'alabaga erishgan va bir marta durang o'ynagan ekan. Qolgan 26ta uchrashuvda yutqazganmiz. Eronni yutib bo'lmaydimi?

- Yutsa bo'ladi. Har qanday jamoani mag'lub etsa bo'ladi. O'tgan yilgi Osiyo chempionati finalida biz g'alabaga yaqin edik. Ammo hisobni ochgach o'zimizning ikkita qo'pol xatoimiz tufayli yutqazib qo'ygandik. Eron raqiblarning o'zlaridan qo'rqishi bilan yashaydi. Yani uchrashuv boshida ikkita gol urib xohlagan narsasini qilishni boshlaydi. Agarda bahsning dastlabki besh daqiqasida raqib ularga qarshilik ko'rsatib gol o'tkazmasa forslar ham shoshib qolishadi va xatolarga yo'l qo'yishadi. Eron Jahon chempionatida Portugaliya va Braziliyani mag'lub etdi. U mamlakatda maktabda futzal dars sifatida o'tiladi. Eronning hozirgi tarkibiga yana ikki nafar yosh o'yinchi qo'shilibdi.


- Finalda nima uchun ilk daqiqalardan o'ynovchi darvozabon tushirildi? Bunday holatni futzalda asosan hisobda ortda qolayotgan jamoalar bahs oxirlarida amalga oshirishlariga guvohi bo'lardik...
- Bahodir Ahmedov nima uchun bunday taktikani tanlaganlarini bilmayman. Biz xayron qoldik. Balki bizga ishonmagandirlar...To'g'risi bu savolga nima deb javob berishni ham bilmayman.

- Ayni paytda Tailand terma jamoasini boshqarayotgan Xose Mariya Mendez bilan Ashxobodda ko'rishdinglar...

- Pulpisni ko'rganimizda har doim xursand bo'lamiz. U boshqa jamoada ish boshlagan bo'lsa ham bizga yordam berdi. Uning jamoasi Eronga yutqazib musobaqani tark etdi, ammo Pulpis kelib bizga Vetnamning, Eronning kamchiliklarini aytib turdi. Dunyodagi hech bir murabbiy bunday qilmasa kerak.

- Terma jamoa safida ko'plab yoshlar paydo bo'ldi. Ulardan kimlarni alohida ajratib ko'rsata olasiz?

- Jamoadagi yoshlarni ko'rib juda xursand bo'laman. Terma jamoaga kelgan paytimda 4 nafar yosh futzalchi chaqirilgandi. Ulardan faqat men va Farhod Abdumavlonov qoldik xolos. Hozir esa 5-6 nafar yangi yoshlar terma jamoaga qo'shilishmoqda. Bu esa yurtimizda futzal rivojlanib borayotganidan dalolat. Yaponiya bilan o'yinda aynan yoshlarning tezligi tufayli g'alaba qozondik. Ikkinchi golni Davron Abdurahmonov urdi, keyingisini Davron CHoriev. Standart vaziyatlar bizning qurolimiz bo'lib qoldi.


- Siz yarim finalni jarohat tufayli o'tkazib yubordingiz. Finalda ham o'ynamaydi deyishgandi...
- Finalda ham tushmasligim kerak edi aslida. Vetnam bilan o'yinda oyog'im qayrilib ketgandi. Oyog'imni bosa olmayotgandim. Ammo murabbiylar finalda besh kishi bo'lib harakat qilganimizda men kerakligimni aytishdi. Sababi jamoada chap oyoqda o'ynaydigan ikki o'yinchi bor, men va yosh Husniddin Nishonov. Bahodir Ahmedov ko'p yugurmaysan faqat aniq pas bersang bo'ldi deb ko'rsatma berdilar. SHifokorlarning ukollari yordamida finalda o'ynadim.

- Rustam Umarovga nima bo'ldi? Nima uchun asosiy posbonimiz finalda umuman ishtirok etgani yo'q?

- Unga hech nima bo'lmadi. SHunchaki murabbiylar darvozaga Akmal Xazratqulovni qo'yishdi. Besh kishi bo'lib o'ynaganimizda darvozabon uzoqdan zarba berishi oraqli gol urishni ham rejalashtirgandik. Akmalning zarbalari juda kuchli. Balki murabbiylar Xazratqulovni finalda o'ynatib tajriba olishi uchun zamin yaratib berishgandir.

- Oktyabr oyi o'rtasida Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi. Guruhimizda Qirg'iziston, Turkmaniston va Nepal kabi jamoalar bor. Ular haqida qanday fikrdasiz?  

- Nepal qanday jamoa ekanligini to'g'risi bilmayman. Qirg'iziston ob-havoga o'xshaydi. Istasa Yaponiyani yutadi, yoki kuchsiz jamoaga yutqazib qo'yadi. 2014 yil Vetnamda o'tgan bundan oldingi Osiyo chempinatida Qirg'iziston bilan guruh bosqichida durang o'ynagandik - 2:2. Turkmaniston o'z uyida juda yaxshi o'ynadi. Oldingi Turkmaniston emas. Yaponiyalik murabbiy boshchiligida jamoa ancha kuchayibdi. Ispaniyada yig'inlar tashkil etilgan. Ammo raqiblar qanchalik kuchli bo'lmasin bizning maqsadimiz Osiyo chempionatiga chiqish.

- Endi shaxsiy faoliyatingiz haqida savol bersak. Xitoyning “Dalyan Puvan Anbo” klubi azosi hisoblanasiz. SHu haqda batafsil malumot bersangiz.

- O'tgan yil Osiyo chempionatidan so'ng Xitoy klubiga ko'chib o'tgandim. U erda xudoga shukur chempion bo'ldim. Klubim bilan shartnomani 2018 yil may oyiga qadar uzaytirdim. Oktyabr oyidagi Osiyo chempionati saralashi tufayli O'zbekiston terma jamoasi ixtiyorida bo'laman. Xitoyda chempionat dekabr oyida boshlanadi. Noyabr oyidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.


- Xitoy futboliga juda katta pullar tikilayotganidan xabardormiz. Futzalga etibor ham shundaymi?
- Xitoyda futbolchalik bo'lmasa futzalga katta pullar ajratilmoqda. O'zbekistonlik yigitlar xitoylik futzalchilardan ancha kuchli va ancha mehnatkash. Xitoy terma jamoasi Ashxobodda Afg'onistondan 6ta, BAAdan 5ta gol o'tkazib yutqazdi. Menimcha bu jamoaga yangi kuchli murabbiy olib kelish va yoshlarga etibor qilish kerak. Terma jamoamizning bazi futzalchilariga Xitoy klublaridan takliflar tushmoqda.

- Xitoy futzal ligasi haqida gapirib bering. SHaroitlar qanday?

- Xitoyda sharoitlar ajoyib. Masalan, men o'ynayotgan klubda ikkita zal bor. Biri tarket, biri yumshoq qoplamali zal. Raqibning zaliga qarab mashg'ulot o'tkazamiz. Xohlagan sharoitlar bor. Hamma klubning o'z zali bor. Xuddi katta futbolga o'xshab bir haftada bitta o'yin o'tkazadi. CHempionat uy safar tizimida o'tkaziladi. Moliyaviy tomonlama juda yaxshi, faqat ishlash kerak.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Muxlislarimizga katta rahmat aytamiz. Ashxobodda o'tgan musobaqa paytida xalqimizning qo'llab quvvatlashini his qilib turdik. Bundan tashqari Ashxoboddagi zalda bizni qo'llab turgan turkmanistonlik muxlislarga ham rahmat aytaman. Xudo xohlasa shunday kun keladi va Eronni mag'lub etib kumush medalni oltinga aylantiramiz. Keyingi Osiyo chempionatlarida medallarga ega chiqib Jahon chempionatlariga chiqishga harakat qilamiz. Muxlislarimzga rahmat!


Ushbu intervyuning video variantini quyidagi havola orqali tomosha qilish ham mumkin: VIDEO. Dilshod Rahmatov: "Eron futzalchilarini ham yutsa bo'ladi..."


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика