So’nggi yangiliklar

10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8

Dilshod Nuraliev: “O'smirlar terma jamoasi azolari oliy ligada o'ynab ketishlari uchun ishonch kerak” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “O'smirlar terma jamoasi azolari oliy ligada o'ynab ketishlari uchun ishonch kerak”

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq ustozi Dilshod Nuraliev 2013 yilning “Eng yaxshi yosh futbolchilari” bo'lgan yigitlarni juda yaxshi biladi.
Ushbu murabbiy qo'li ostida To'raev, Abdullaev hamda Boltaboev bir necha yillardan buyon o'ynab keldi.

 - Bu yigitlarni “Eng yaxshi” deb topilishini ochig'i kutmagandim – deydi Nuraliev. - CHunki bu nominaciyani aniqlashda bizga murojaat qilinmaydi. SHuning uchun bu haqda o'sha taqdirlash marosimida bildim. Albatta birdaniga uch nafar shogirdimning “Eng yaxshi” deb topilishi meni juda xursand etdi. Ular bunga munosib edi.

- Umuman olganda “Eng yaxshi yosh futbolchi” nominaciyasida g'olib chiqishga munosib nomzodlar ko'p edi. Xususan istedodli darvozabon Sarvar Karimov jahon chempionatida yomon o'yin ko'rsatmadi. Himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgan Odil Hamrobekov va Rustam Ashurmatov ham o'zini ko'rsatishga erishdi. SHuningdek “Bunyodkor” azosi Akrom Komilov ham bu nominaciyada g'olib chiqishga loyiq edi deb o'ylayman. Bu borada yana bir qator nomlarni keltirib o'tish mumkin. Mutaxassislarimiz To'raev, Boltaboev va Abdullaevni munosib ko'rishgan ekan, ularni chin dildan tabriklaymiz.

- Terma jamoa tarkibini shakllantirib borayotganimizda eng avvalo futbolchilarning odob ahloqiga etibor qaratganmiz. O'quv-yig'in paytidagi harakatlari va intizomini nazorat ostiga olgandik. Xudoga shukur shu kunga qadar ularning harakterlari borasida hech qanday muammo bo'lmagan. Istaysizmi yo'qmi baribir 17 yoshgacha bo'lgan bolalarning hammasini o'ziga yarasha harakteri bo'ladi. Biz murabbiylar imkon qadar ularning ko'ngliga yo'l topib, turli xil muomala qilishimizga to'g'ri kelgan. O'ylaymanki bu futbolchilar maydon tashqarisida ham inson sifatida yaxshi harakterga ega.

- Bilasizmi bu futbolchilar hozir o'z klubining yig'inida ishtirok etmoqda. Bilishimcha Boltaboev “Paxtakor”ning asosiy tarkibi bilan shug'ullanmoqda. Abdullaev  yoshlar jamoasi tarkibida. To'raev esa “Buxoro”ning asosiy tarkibi mashg'ulotlarida qatnashmoqda.  Bu yigitlarning keyinchalik ham qanchalik o'sishga erishishi ularning kelgusida qanday murabbiy qo'li ostida o'ynashiga bog'liqdir. CHunki katta futbolga o'tayotganda yosh futbolchilarga ruhan qo'llab-quvvatlash juda muhim omillardan biridir. Ishonch bildirilsa o'z ustida ishlashni yanada kuchaytiradi. Aks xolda futbolchi menga ishonmaydi biribir degan xayolga boradida, ruhan sinib qoladi. Bu kabi yoshdagi futbolchilarni kerak bo'lsa, ijobiy manoda aldab, ruhiy tomondan qo'llab quvvatlab o'ynatish kerak. SHuning uchun bu narsa murabbiyga bog'liq.

- Bu avvalo futbolchining o'ziga bog'liq. Masalan Akobir To'raev o'tgan yili “Buxoro” tarkibida bir nechta o'yinlarda ishtirok etdi. Boltaboev “Paxtakor”ning yoshlar jamoasi va birinchi ligadagi tarkibida harakat qildi. Izzatilla Abdullaev esa birinchi liga ishtirokchisi “Zarafshon” safida to'p tepdi. Ularga oliy liga bahslarida ham imkoniyat berib, ishonch bildirilsa o'ynab keta oladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика