So’nggi yangiliklar

08:10Расман: "Андижон" тожикистонлик ҳужумчиси билан шартномани бекор қилди  0 07:45Вадим Абрамов: "Камчиликлар мана шундай кучли рақибларга қарши баҳсда кўринади"  0 01:10Онаси футболчи бўлган, жинсий зўравонлик сабабли қамалган, муҳтожларни қўллайдиган "Динамо"нинг янги легионери билан танишамиз  0 00:47"Орзуим — "Реал"ни бошқариш". Эрик Шель Мадрид тарихига кирмоқчи  6 00:15Назорат баҳси. "Сурхон" - "Шинник" 0:2  0 00:00Элит ОЧЛ. Бугунги барча ўйинларда дуранг қайд этилди  0 23:39"Майдондаги ягона нопрофессионал — ҳакам!" Спаллетти "Лацио" билан ўйиндан сўнг портлади  0 23:16Карвахаль ва Арбелоа ўртасида зиддият борми?  0 22:41Роналду машғулотларга қайтди! У Туркманистонга учадими?  14 22:30Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи бўлимда ўзимизни кўрсата олмадик"  15 22:10Салоҳ учун космик маош! Саудияликлар "Миср қиролини" Роналдунинг ўрнига тайёрламоқда  6 21:45"Барселона" мавсум сўнгигача қарзларидан қутула оладими?  12 21:36"Қўқон-1912" Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  2 20:50Ҳусниддин Алиқулов: Янги шартнома ва оғир жароҳат  12 20:40Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди  81

Dilshod Nuraliev: O'yinimizda biroz kamchiliklar bor Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: O'yinimizda biroz kamchiliklar bor

Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-17) “Jar” stadionining ikkinchi maydonida Eron o'smirlariga qarshi birinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Bunda futbochlilarimiz raqibni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. O'yin yakuniga etgach, bosh murabbiy Dilshod Nuralievdan qisqacha intervyu oldik.

- Dilshod aka, Eronga qarshi birinchi o'yin haqida nima deya olasiz?
- Bu o'yinda asosiy tarkib futbolchilaridan Otabek SHukurov, Doston Hamdamov, Muhiddin Odilov, Ilhom Abdug'aniev kabilar jarohat olishgani bois maydonga tusha olishmadi. SHu bois deyarli ikkinchi tarkibni sinab ko'rdik. Bu esa o'yinga o'z tasirini ko'rsatmay qolmadi. O'yinimizda mazmun yo'qolib qolgandek bo'ldi. Lekin shunga qaramay, Erondek kuchli jamoa ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Buning uchun shgogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ularda ishtiyoq yuqori bo'ldi. To'g'ri, o'yinimizda kamchiliklar bor va vaqt o'tib ularni bartaraf etib boramiz. Eronga qarshi yana ikkita o'yinimiz bor va shu uchrashuvlarda bugun maydonga tushmagan boshqa futbolchilarni ham sinab ko'ramiz.

- Bahs yakuniga etgach, penaltilar seriyasi amalga oshirildi.
- Bu taklifni eronliklar o'rtaga tashlashdi. Biz esa ko'ndik. CHunki jahon chempionatining pley-off bahslarida istalgan jamoa bilan penaltilar seriyasi sodir bo'lishi mumkin. SHunga tayyor turish uchun ham 11 metlik zarabalarni tepib turgan maqul deb o'ylayman. Menimcha, navbatdagi ikkita o'yindan so'ng ham penaltilar seriyasi bo'ladi. Etibor bergan bo'lsangiz, beshta zarbadan to'rttasini himoyachilarimiz amalga oshirishdi. Bundan ko'zlangan maqsad, himoyachilar darvoza tomon kamdan kam zarba berishadi, shu bois ular ham zarbani va golni his qilishlari lozim.

X.XOLIQOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика