Dilshod Nuraliev jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi
17 iyu 2017 11:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/264627_original.jpg)
![](/upload/storage/264627_220.jpg)
Dilshod Nuraliev jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi
Bunda Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston U-15 o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti.
Ushbu turnir Nuraliev jamoasi uchun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga saralash o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda.
Bugun o'smirlarimiz uchinchi o'yinda maydonga tushishadi. Birinchi o'yinda O'zbekiston o'smirlari CHexiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi, keyingi bellashuvda esa vakillarimiz Xitoyni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Bugungi va oxirgi raqib esa turnirda hali gol o'tkazmagan va avvalgi ikkita o'yinda ettita gol urgan Yaponiya bo'ladi.
Yaponiya o'smirlarining avvalgi ikkita bahsi:
Yaponiya U-15 - Xitoy U-15 - 4:0
Yaponiya U-15 - CHexiya U-15 - 3:0.
Uchrashuv bizning vaqt bilan 13:00da start oladi. Yaponlar bilan kechadigan bellashuvda Nuraliev shogirdlariga omad tilab qolamiz.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar