Dilshod Nuraliev: "Italiyalik skaut o'smirlarimizga qiziqib qoldi"
04 noy 2013 21:28
Yangiliklar
Dilshod Nuraliev: "Italiyalik skaut o'smirlarimizga qiziqib qoldi"
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev Sport telekanalidagi "Futbol SHarhi" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
Murabbiyning aytishicha o'smirlar terma jamoamizning bir nechta futbolchilariga italiyalik skautlar qiziqib qolishgan.
"BAAdagi mundialda Marokashga qarshi o'yindan so'ng men bilan italiyalik skaut suhbatlashdi. U shogirdlarimdan bir-ikkitasi bilan gaplashmoqchi ekanini aytdi, biroq hozir ularni fikrini chalg'itmaslik maqsadida men vaziyatni to'g'ri tushuntirdim. Skautga bu futbolchilar qaysi klublarga tegishli ekanliklarini malum qildim. Biroq futbolchilar nomini aytmoqchi emasman. Sababi yosh o'yinchilarga ushbu holat yomon tasir qilishi mumkin", - deydi Dilshod Nuraliev.

Fikrlar