So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Dilshod Jo'raev: "Hozirgi kunda "Bunyodkor" va "Lokomotiv" turnir jadvalida o'ziga yarashadigan o'rinda emas" Yangiliklar

Dilshod Jo'raev: "Hozirgi kunda "Bunyodkor" va "Lokomotiv" turnir jadvalida o'ziga yarashadigan o'rinda emas"

"Lokomotiv" jamoasining yangi azosi Dilshod Jo'raev saytimizga kichik intervyu berdi.

- "Lokomotiv" jamoasi qanday kirishib ketdingiz? Turkiyadagi yig'in qanday kechdi?

- Jamoa meni ajoyib qabul qildi. Barcha men uchun aka-ukadek. Turkiyadagi yig'inni ham yaxshi o'tkazdik. Barcha tomonlama tayyorgarlik ko'rdik. Endi barchasini rasmiy o'yinlarda isbotlashimiz kerak. Barchasi rasmiy uchrashuvlarda namoyon bo'ladi.

- Faoliyatingiz davomida Mirjalol Qosimov va Viktor Kumikov kabi tajribali murabbiylar bilan ishlagansiz. Aleksandr Krestinindek bosh murabbiy ishlamoqdamiz. Krestinin jamoasida o'ynash qanday ekan?

- Bosh murabbiyimizning eng katta ustunliklaridan biri bu insoniylik ekan. Futbol o'z yo'liga, ammo insoniylik ham juda muhim xislat. Futboldagi qarashlari ham men maqul keldi. Taktik jihatlama ko'p narsa o'rganayapman. Kelajakda bosh murabbiy bo'lganimda Krestinindan o'rgangan narsalarimni qo'llashim aniq.

- Toshkent klublari haqida gapirib o'tsangiz? Sizdek tajribali futbolchining fikrini bilish qiziq.

- 6-7 yil avvalgi holat haqida gapiradigan bo'lsam. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari eng katta raqobatdosh edi. Oldimizga katta maqsadlar qo'yilar edi. Mintaqada ham yaxshi natijalar qayd etishni reja qilardik. Koreya va Yaponiya klublariga qarshi muntazam o'ynardik. "Paxtakor" ham o'zining birinchiligini isbotlashga harakat qilar edi. Hozirgi kunda esa "Paxtakor"dan boshqa Toshkent klublari yaxshi natija qayd eta olmayapti. Jamoalar o'zining imkoniyatidan pastroq o'rinlarni egallab turibdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика